Kontrakt tölaşdagi muammolar va soliq imtiyozlari
Muştariydan maktub:
Xuşnudbek, salom. Sizning kanalingizni juda qiziqiş bilan kuzatib boraman.
Mening ham savollarim va takliflarim juda köp.
Dastlabkisi meni juda ham qiyin ahvolga solib turgan muammo bu - 2 nafar singlimning kontrakt pulini qanday qilib tölaş masalasida.
26 yoşgaça bölgan farzandining kontrakt pulini tölayotgan ota-onalarga soliq tölovlarida imtiyozlar borligini bilamiz. Lekin, şunday talabalar xam borki ularni ota-onasi olamdan ötgan. Demak, talabaning kontrakt pulini yaqinlari tölaydi. Şu sababli, kim kontrakt pulini tölasa öşalarga ham imtiyoz berilişi kerak.
Keyingi taklifim, 26 yoşgaça çegara qöyilganini olib taşlaş kerak özi. Sababi, kimdir talaba böliş baxtiga bu yoş ötgandan söng erişadi. Bunga sabablar juda köp. Misol uçun, talabaning oilaviy ahvoli-yetişmovçilik; Talaba böliş baxtining keçikkişi va boşqalar.
Mening ham 2 nafar ögay singillarim kontrakt asosida öqiydi. Ularni kontrakt pulini tölaş bizga juda oğirlik qilmoqda. Özimni tuğişgan 1 nafar singlim mana yaqinda 30 yoşga kirdi. Har yili öqişga topşiradi, lekin kira olmayapti. Meni xavotirga solayotgan bu muammo şuki, avvalo bu yil öqişga uşbu singlim xam kirsin (izoh - xat avvalroq yozilgan). Agar singlim öqişga kirsa demak bu yil 3 ta singlimga kontrakt tölaşim kerak. Şunça pulni qayerdan olaman?
Ötgan yili xam Prezident virtual qabulxonalariga murojaat bilan çiqdik. Bank xodimlarini uyimizga xolatni örganiş böyiça yuborişdi. Örganişdi. Beramiz deyişdi. Lekin bank xodimlari ertaga keling, indinga keling deyişib tölov muddatini ham ötkazib yuborişdi. Baribir ololmadik. Sabablaridan biri bu – “kafil” topa olmadik. Töğrida, har kimning xam kafil bölişi qiyin-da. Bank xodimlarining aytişiga qaraganda resurslar yetişmovçiligi sababli bu kredit liniyasi işlamagan emiş.
Şundan söng men qarz olib, oyligimni va ögay onamning pensiya pullarini jamğarib 15-sentabr kuni bankka naqd töladik. Endi bu yil nima qilaman. Boşim qotgan. Akademik taʼtil olaylik desam, unga könişmayapti. Sirtqiga aylantiraylik desam, qonunçiligimizda hali bunga ruxsat yöq.
Uçala singlim xam turmuşga çiqmagan. Öğil bola bölişganda ham qiyinçilik bunçalik bölmasdi. Har xolda ular qiz bola. Bu kabi muammolar menga öxşagan qançadan-qança insonlarda bor. Xammaga bu yölda faqat sabr tilayman.
Şu kabi muammolar aslida oilaning tinçligini ham buzadi. Özim ham köz kasalliklari böyiça bolaligimdan nogironman. 2010-yilgaça 2-gurux nogironi edim. Keyinçalik 3-guruhga tuşirib taşlaşdi. Hozir uni ham olib taşlaşdi. Közimni köriş qobiliyatining pastligi meni xam qiynaydi. Bir közim “minus” 21 bölsa ikkinçisi esa “minus” 19.
Öqituvçi bölib işlayman. Ilmiy iş qilayapman. Tayanç doktoranturani ham tugatganman. Ijarada yaşayman. Har oyda 1 mln tölayman. Işxonamizdan uy olyapman, uning ham 50 foizini naqd tölaganman. Lekin şartnoma böyiça 100 foiz tölaganimizdan söng bizga topşiriladi. Hattoki uyning qolgan tölovini tölaş uçun kredit ham ololmayapmiz. Balki ipoteka kreditini oliş imkoniyati paydo bölib qolsa özimga keyin kredit berişmay qöyadi degan öylar bilan singillarimga özim ham kafil böla olmadimda. Şu sababli qarz olib bölsayam öqişning 1-yilgi tölovini töladim.
Endigisiga boşim qotmoqda. Nima qilay. Agar imkoni bölsa şu masalalarni ham kanalingizda tahlil qilib yoritsangiz yaxşi bölar edi. Bu köpçilliknining muammosi. Zora, biror yaxşi natija çiqib qolsa.
Bularning barçasi ertangi kunimiz yaxşi bölişi uçun qilinayotgan saʼy-harakatlarimiz-ku, axir!
Yoşim 35 da. Oilamizda 2 öğil 5 qiz edik. Onam 3 yoşligimda, dadam 30 yoşimda, akam 33 yoşimda vafot etişdi. Akam “sirli qotillik” qurboni böldi. Jinoyatçilarni topa olişmadi. Akamning oilasi ham mening gardanimda. Yaxşiyamki, turmuş örtoğim ham işlaydi.
Xuşnudbek, mana biroz bölsada ğoyibona men bilan tanişib oldingiz. Maqsadim muammolarimning yeçimi uçun biror imkoniyat yoki yölini topişdir. Dardimni biroz doston qilganim uçun uzr sörayman. Har xolda yeçim topişda kimdir bilan maslahatlaşib olişim ham kerak edi-da! Salomat böling.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

