Mehnat muhojirligi va taʼlimning ahamiyati haqida

Matn24-fevral, 2020, 17:152 daqiqa0 koʻrish

Mehnat muhojirligi

Bir neça yil oldin. Dubaydagi dökonda mollarimizni saralab ötiribmiz. Şu dökonda xizmatçi bölib işlaydigan öttiz beş yoşlardagi hind yigiti bizga yordamlaşyapti. Orada bir nafas dam oldik.

Tanaffusdan foydalangan işçi hind yigiti telefonini olib, undagi oilaviy xotira, suratlar va videolarni berilib tomoşa qila boşladi. Qaraşlaridagi soğinç, mehr, his-tuyğularini yozib, tuşuntirib bölmaydi.

Sekin gapga soldim.

Aytişiga qaraganda, Dubayga kelganiga ikki yildan oşibdi. Taxminan ikki yuz dollardan oşiqroq maoş olarkan. Yotoği va ovqati xöjayinining zimmasida.
–Juda kam-ku! – desam,
– Iloj qança, yurtimda iş yöq, şu işga keliş ham juda qiyin va omadi kelgan odamga nasib qiladi dedi.

Oyning oxirida Birlaşgan Arab Amirliklaridagi Western Union şohobçalarida uyga pul jönatiş uçun juda katta navbat böladi.

Yigit ham topgan pulini boriça Hindistonga yuborarkan. Şundan yuz dollardan köproğini ikki farzandining taʼlim olişi uçun işlatarkan. Qolgan qismini qari onasi va oilasining taʼminotiga sarflaşarkan. Yigit farzandlari yaxşi öqib, kelajakda yaxşi kasb egasi bölişidan, şu orqali "it yotiş mirza turiş" hayotidan qutulişiga umidvor va şunga işonadi...

***

Bir özbek oila boşliği Örusiyada migrantlik qilar, bir ketganida kamida olti oy yoki bir yildan ortiq muddatda yurtga qaytar edi.

Neksiyalar urf bölgan paytlar...
Uzoq muddatli ayriliqdan keyin bir oylik "taʼtil"ga kelgan kişiga ayoli söz qotibdi:
– Adasi, itdayam-bitdayam Neksiya bölib ketdi. Ketişizdan oldin Neksiyani Lasetti qilib keting.

Akamiz ayollarining ötinçini yerda qoldirmasdan 30 000 dollarga Lasetti olgan va garajga qöyib, uzoq muddatga Maskopga jönab ketgan.

***

Hozirgi kunda dunyodagi eng zör matematiklar, doktorlar, dasturçilar, puldorlar... hindlardan çiqayotgani bejizga emas!

=•=•=•=•=•=•=•=

Feysbukdan olindi.
Muallif: Khojiakhmad Umurzakov

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek