Matbuot xizmatlarini rivojlantirişga oid qaror loyihasi

Matn24-may, 2019, 18:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirişga oid Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi. Yaxşi gaplar bor.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat taşkilotlarining matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirişga oid Prezident qarori loyihasi joylandi.

Loyihaga köra:

👉 axborot xizmati rahbari bir vaqtning özida davlat taşkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanadi hamda axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi maqomiga ega böladi, mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şaroitlariga köra rahbar örinbosariga tenglaştiriladi;

👉 davlat taşkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari (rahbaridan taşqari)ning lavozim maoşlariga boşqa har qanday tölovlardan qatʼi nazar 50 foizdan kam bölmagan miqdorda oylik ustama tölanadi;

👉 axborot xizmatining vazifalari va funksiyalari boşqa bölim va bölinmalariga yuklanişiga yöl qöyilmaydi;

👉 axborot xizmatlari qoida tariqasida davlat taşkilotlarining markaziy apparati, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarida ular xodimlari umumiy çeklangan soni doirasida axborot xizmati rahbari – matbuot kotibidan taşqari:
• OAV va jamoatçilik bilan aloqalar;
• veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar bilan işlaş;
• tarjimonlik;
• tasvirga oliş yönalişlari böyiça kamida tört nafar boşqaruv va texnik xodimdan taşkil topadi;

👉 davlat taşkilotlarining böysinuvidagi taşkilotlar va hududiy bölim va boşqarmalari, tuman (şahar) hokimliklarida axborot xizmatlari kamida ikki nafar boşqaruv xodimi va texnik xodimlardan iborat tarkibda taşkil etiladi;

👉 axborot xizmatlarining rahbarlari va boşqaruv xodimlari mos ravişda Agentlik va uning hududiy boşqarmalari bilan kelişgan holda lavozimga tayinlanadi;

👉 axborot xizmatlarining rahbarlari har uç yilda bir marta Agentlikda attestatsiyadan ötkaziladi;

👉 taşkilot rahbarlariga axborot xizmatlarini zamonaviy moddiy-texnika vositalari, şu jumladan xizmat xonasi, televizor, kompyuter jamlanmasi, xizmat maşinasi, audio, video yozib oliş uskunalari, fotokamera, yuqori tezlikdagi internet, zarur dasturiy mahsulotlar bilan taʼminlaş, şuningdek axborot xizmatlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan töldiriş yuzasidan şaxsiy javobgarlik yuklanadi;

👉 davlat taşkilotlari Taşqi işlar vazirligi va Agentlik bilan birgalikda axborot xizmatlari xodimlarini dunyoning yetakçi mamlakatlariga axborot xizmatlari faoliyatini örganiş, tajriba almaşiş, stajirovka ötkaziş maqsadida bir yilda kamida bir marta xizmat safariga yuboriş çoralarini köradi.

Qaror loyihasi bilan quyidagi manzilda batafsil tanişişingiz mumkin:
https://regulation.gov.uz/uz/document/3612

Muhokamalar 10-iyunga qadar davom etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek