Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Maktab hojatxonalarini Open Budget orqali taʼmirlaş

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAudio4 daqiqa0tahrirlangan

Audio

2:39

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingiz boradigan maktab hojatxonasini heç körganmisiz? Toşkentda yoki boşqa katta şaharlardagi maktablarda ahvol birmunça yaxşiroqdiru (unda ham barçasida emas), ammo boşqa joylarda holat açinarli. Hojatxona mavzusi biz uçun negadir uyatli yoki ahamiyatsizdek tuyuladi. Aslida unaqa emas. Bu masala yoş farzandlarimizning salomatligi va ruhiyati uçun juda muhim.

Endi muddaoga ötsam. Farzandingiz maktabidagi hojatxonani yaxşilaş uçun nima qiliş mumkin? Qaçon maktab taʼmirga tuşarkin deb kutsangiz, köp vaqt kerak. Özimiz pul yiğaylik, desangiz, har holda kiçkina summa emas.

❓Xöş, nima qiliş mumkin?

Buning qonuniy va oson yöli bor.

📲 openbudget.uz saytiga kirib, taşabbus qoldiring. Keyin boşqa ota-onalarni daʼvat qilib, ovoz yiğing. Qarabsizki, byudjetdan kerakli mablağ sanitar toza va ozoda hojatxona uçun yönaltiriladi. Sizdan faqat taşabbus kerak xolos. Batafsil

❗️Loyihada faqat hojatxona emas, boşqa muammolarga ham (kutubxona, oşxona, sport zal) taşabbus qoldiriş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2432
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek