Maxmud Istamov saylovlardagi stereotiplar haqida
#Saylov2019
Bugungi matbuot anjumanida Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Maxmud Istamov quyidagi fikrlarni bildirib ötdi:
«Oldingi yillardagi, oldingi saylovlardan stereotiplar hamon saqlanib qolgan. Bu stereotiplarni yöqotiş Markaziy saylov komissiyasi oldida turgan asosiy vazifa. Biz ularni şunçaki balandparvoz gaplar bilan yoki, şiorlar bilan yöqota olmaymiz. Balki amaliy işlar bilangina uşbu stereotiplardan voz keçiş mumkin».
Bir hisobdan yuqoridagi gaplarda jon bor. Bir vaqtim bölganda, saylovdagi stereotiplar haqida aytadigan rosa köp gaplarim bor. Boşimdan ötkazganim uçun his qilganman. Buni parçalaş osonmas lekin. Qon-qonimizga singib ketgan. Ammo bunda xalqni köp ham ayblab bölmaydi, çunki stereotiplar paydo bölişiga aniq sabablar mavjud, ularni barçamiz juda yaxşi bilamiz, sir emas.
Bir yilda töliq natijaga erişiş qiyin, kamida 3 ta adolatli va demokratik saylovlar ötkaziş kerak. Şunda oz-ozdan yiğilib, xalqning asosiy qismida sal bölsa-da işonç paydo bölişi mumkin. IMXO.
👉 @xushnudbek 👈


