Magistratura imtihonlari tartibi özgarişi kutilmoqda
Magistratura imtihonlari haqida
Magistratura imtihonlari joriy yildan özgarişi kutilmoqda. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, magistarurada faqat mutaxassislik fani va çet tilidan imtihon böladi. Demokratik jamiyat quriş nazariyasi va informatika fanidan imtihon olib taşlanadi (qanday ajoyib!).
Xususan, Nizomning 14-band quyidagi tahrirlanişi kutilmoqda:
“14. Magistraturaga kiriş sinovi umumiy ballari quyidagilardan taşkil topadi:
magistraturaga kirişda tanlagan mutaxassislik böyiça bilim darajasini belgilovçi maxsus fanlardan sinov ötkaziladi (baholaş mezoni 0 balldan 100 ballgaçani taşkil etadi);
çet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yönalişlari bazasidagi mutaxassisliklar uçun ikkinçi çet tili) fani böyiça sinov ötkaziladi (baholaş mezoni 0 balldan 50 ballgaçani taşkil etadi);
Oliy taʼlim muassasasi bitiruvçisining umumiy reytingi yoki özlaştiriş körsatkiçi (özlaştiriş tegişli ravişda 55 balldan 100 ballgaça bölgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, özlaştirgan fanlarining örtaça bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro tan olingan çet tilini biliş darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL böyiça kamida 58 yoki IELTS böyiça kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR böyiça kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Çet tilini biliş darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga çet tilidan 50 ball qöyiladi va ular çet tilidan kiriş sinovida iştirok etmaydi.
Magistraturaga öqişga kirişda eng köp (maksimal) töplanişi mumkin bölgan ball — 250 ni taşkil etadi.”
Qaror loyihasi bilan batafsil quyidagi sahifadan tanişişingiz mumkin.
Lekin hozirça uşbu qaror tasdiqlangani yöq. Yoki tasdiqlangan bölsa ham, rasman eʼlon qilinmadi. Garçi magistratura imtihonlariga juda va juda sanoqli kunlar qolgan bölsa ham. Keçirasizlaru, özi bu yil huquqiy asoslar juda keç çiqyapti. Hammasi taqalgan bölyapti. Eng muhim yangiliklar va özgarişlar jarayonga 1-2 kun qolganda eʼlon qilyapti. Özgarişni pastdagi ijroçilar töliq tuşunib olgungaça jarayon tugab ham bölyapti kerak bölsa.
Masalan, hali sirtqi va keçki taʼlim imtihonlari ham uzil-kesil aniq emas. Qayerda, qaçon, kim – barçasi aniqmas hali.
Keyingi yillarda Davlat qabul komissiyasi sal tezroq işlaydi degan umiddaman.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

