Isaak Nyuton va Buyuk ölat davridagi mustaqil taʼlim
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0Isaak Nyuton ommaviy epidemiya sababli berilgan taʼtilda eng buyuk nazariyalarini yaratgan
SalomovUz Telegram kanalida taʼtilga ketgan talabalar va öquvçilar uçun juda foydali bölgan post eʼlon qilingan ekan, şuni Sizlar bilan baham körgim keldi:
“1665-1666-yillarda Londonda ölat tarqaydi. Odamlar orasida ommaviy kasallaniş boşlanadi. Bu davrlar tarixga “Londondagi Buyuk ölat” nomi bilan kirgan. Buyuk ölat davrida Londonning çorak qismi (25%) ölatdan qirilib ketgan.
Ölat tarqagan yili maşhur olim Isaak Nyuton Kembrijning Trinitiy kollejida 22 yoşli oddiy talaba edi. Öşa paytda ham hukumat epidemiya tarqalişining oldini oliş uçun odamlarni ommaviy yiğilişini çeklagan. Kembrij universiteti ham talabalarni uyiga jönatgan va talabalar uyida mustaqil öqişni davom ettirgan.
Nyuton oilasining Vulstorp mulkida joylaşgan uyiga qaytadi va 1 yildan ortiqroq davr mobaynida öqituvçilarning yordamisiz uşbu uyda mustaqil tahsil olişni davom ettiradi. Nyuton uyida öqigan aynan şu yil keyinçalik uning “möjizalar yili (annus mirabikis)” degan nom olgan. Çunki Nyuton aynan şu davrda, uyida mustaqil örganiş davomida eng maşhur nazariyalarini yaratgan.
Birinçidan, u Kembrijda örganişni boşlagan matematik masalalar ustida işlaşni davom ettiradi. Uşbu masalalar yuzasidan yozgan ilmiy işlari keyinçalik matematik analiz fanining şakllanişida asoslardan biri bölib xizmat qiladi.
Ikkinçidan, quyoşli kunlarning birida deraza va boşqa nur tuşadigan barça yerlarni berkitib, xonasini qop-qoronği qilib oladi. Söng derazani berkitib turgan pardadan kiçik teşik oçib, şu teşikdan tuşayotgan nur yölini şişa prizma bilan tösadi. Prizmaning birinçi tomonidan ötgan nur uning ikkinçi tomonidan turli xil ranglar körinişida (kamalak kabi) tarqaladi. Aynan şu tajriba Nyutonning optika sohasidagi nazariyalarining yaratilişiga turtki böladi.
Uçinçidan, Butun olam tortişiş qonuni haqidagi fikrlari ham aynan şu yillari vujudga keladi. Nyuton olma daraxti ostida ötirgan payti boşiga olma tuşgani va şundan Butun olam tortişiş qonuniga asos solgani haqidagi hikoyani eşitgan bölsangiz kerak? (Biroq olma Nyutonning boşiga tuşmagan, bu, şunçaki, töqima sahna). Nyuton boğda aylanib yurganida olmalarning daraxtdan qulab tuşişini kuzatadi. Va uning xayoliga “olmaning yerga qulaşiga sabab böluvçi tortişiş kuçining amal qiliş masofasi Yerdan maʼlum uzoqlik bilangina çeklanmasdan, ança uzoq masofalarda ham amal qilsa-çi? Masalan, Oygaça bölgan masofada”, – degan fikr kelib qoladi. Şu fikr keyinçalik Butun olam tortişiş qonunining kaşf etilişiga sabab böladi.
Buyuk ölat davri tugagaç, 1667-yili Nyuton uyda örganganlari asosida işlab çiqilgan nazariyalari va şu nazariyalar haqida yozilgan ilmiy işlari bilan universitetga qaytadi. 6 oy içida Nyuton universitetning aʼzosiga (fellow) aylanadi, 2 yildan keyin esa professor darajasiga erişadi.
Bugun Özbekistonda ham 16-martdan taʼlim muassasalari yopilişi eʼlon qilindi. Öqiş yöq, endi maza qilib uxlayman yoki körolmay yurgan seriallarimni körib taşlayman demay, mustaqil örganiş va tajriba ötkazişga ham biroz bölsa-da vaqt sarflang. Ajab emas, uydagi mustaqil örganişlardan keyin siz ham Nyutonga öxşab kelajakda maşhur bölib ketuvçi nazariyalarni yaratib qolsangiz”.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈






