Özbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 8 nafarga yetdi
Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga çalinganlar soni 8 nafarga yetdi
Avvalroq, Fransiyada bölib qaytgan bir nafar Özbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi. Qon tahlillari natijasida dastlab uşbu bemorning öğli va qizida, keyinçalik turmuş örtoği va nabirasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.
Şuningdek, bugun uşbu bemor bilan muloqotda bölgan yana bir qarindoşida ham koronavirus aniqlangan.
Bundan taşqari, 14-mart kuni “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasiga qaraşli London–Toşkent yönalişidagi 201- reys bilan kelgan hamyurtimizda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Avvalroq 15-mart kuni “Özbekiston havo yöllari” avia kompaniyasiga qaraşli Istanbul–Toşkent yönalişidagi 274-reys bilan kelgan Özbekiston fuqarosida ham uşbu infeksiya qayd etilgani xabar berilgandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


