Bekoboddagi maktabda öqituvçi va direktorlar işdan ketdi
Internetda şov-şuv bölgan «ikkiçilar voqeasi» ortidan yana bir maktabda direktor va öqituvçilar işdan ketdi
Keyingi kunlarda internetda Toşkent viloyati Bekobod tumanidagi 5-maktabning Muborak ismli öqituvçisi darsni özlaştirmagan 1-sinf öquvçilarining peşonasiga ruçka bilan «2» raqamini katta qilib yozgani körsatilgan surat tarqaldi.
14-may kuni Bekobod şahri prokuraturasi Toşkent viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi bilan hamkorlikda uşbu holat yuzasidan tekşiriş boşladi. Aybdorlar esa jazolandi.
Xususan, maktab direktori D.Babamuratova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosarlari H.Razzoqova, G.Baymatova, O.Abdullayeva, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlar I.Möminov, M.Röziyeva hamda boşlanğiç sinf öqituvçilari S.Rahmonova hamda M.Hamdamova bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan.
Şuningdek, Bekobod şahar xalq taʼlimi bölimi mudiri M.Qözibayevga «hayfsan» berilgan, Bekobod şahar xalq taʼlimi bölimi maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi böyiça şöʼba mudiri N.Musakova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Toşkent viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Şukur Burxonov öquvçilarning ota-onalari bilan uçraşib, ulardan bölgan voqea uçun uzr söragan. .
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 6

