Huquqiy savol-javoblarning tili haqida
Huquqiy savol-javoblarning tili haqida
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining Telegram kanalida quyidagiça savol-javob eʼlon qilindi:
«Savol: Öqişdan çetlatilgan talaba neça yil muddat içida öqişni qayta tiklaşi mumkin?
Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdoş yönalişlari (mutaxassisliklari) böyiça talabalar öqişini qayta tiklaş — talabalar safidan çetlaştirilganligiga
👉 5 yilgaça bölgan muddatda şu oliy taʼlim muassasasi rektorining buyruği asosida;
👉 5 yildan 10 yilgaça muddat ötganda oliy taʼlim muassasasi böysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida;
👉 10 yildan ortiq vaqt ötgan bölsa Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oşiriladi».
OAVlarni kuzata turib, huquqiy savollarga beriladigan javoblar aksariyat hollarda xalq uçun tuşunarsiz, şunçaki qonun hujjatlaridan köçirilgan holda berilişiga guvohi bölamiz. Ayrim gazeta va jurnallarda berilgan savol-javoblarni qayta-qayta öqib, hatto yurist bölsam tuşuna olmayman. «Men nima deymanu, qöbizim nima deydi», degan naql esga tuşadi.
Huquqiy savollarga imkon qadar xalq tilida sodda qilib, javob berişni örganişimiz kerak. Bu bevosita xalqning huquqiy ongi oşişiga yordam beradi. Sudda yoki tergovda bölsa, tuşunarli, öta rasmiy va qonun tili bilan yozsa yaraşadi.
Masalan, yuqoridagi savolga qanday javob bergan bölar edim:
«Savol: Öqişdan çetlatilgan talaba neça yil muddat içida öqişni qayta tiklaşi mumkin?
JAVOB: Istalgan muddatda! Yaʼni heç qanday yil çeklovi örnatilmagan, talaba xohlasa 2 yildan keyin, xohlasa 20 yildan keyin, öqişini tiklaş uçun ariza berişi mumkin.
Faqat eʼtiborli bir jihati, tiklaniş muddatining uzoqligiga qarab, masalani hal qiladigan taşkilotlar özgaradi. Yaʼni qança uzoq vaqt ötsa, şunça “tepadan” hal böladi.
Masalan, agar çetlatilganiga 5 yildan ortib ketmagan bölsa, unda tiklaniş masalasini özi öqigan OTM rektori hal qilib qöya qoladi.
Agar 5 yildan 10 yilgaça vaqt ötgan bölsa, unda özi öqigan OTM böysunadigan vazirlik hal qiladi. Misol uçun, Yuridik universitetga tiklanmoqçi bölsa - Adliya vazirligi yoki Tibbiyot akademiyasiga tiklanmoqçi bölsa – Soğliqni saqlaş vazirligi hal qiladi.
Agar çetlatilganiga 10 yildan ortiq vaqt ötgan bölsa, unda Idoralararo komissiya hal qiladi. Bunaqa idoralararo komissiya Boş vazir boşçilik qilagidan Öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining qoşida tuziladi».
Mana şunaqa javob beriş, mening fikru ojizimça, biroz tuşunarliroq bölarmidi, kim bilsin.
P.S.: Bu bilan vazirlik bergan javob notöğri yoki ğaliz, meniki zör demoqçi emasman, ularning javobini ham bemalol tuşunsa böladi. Şunçaki huquqiy savol-javoblar haqida ançadan buyon aytmoqçi bölib yurgan fikrlarim bor edi, keçagi post misol tariqasida şunga töğri kelib qoldi xolos. Rusça aytganda - «niçego liçnogo».
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

