Hukumat aʼzoligiga nomzodlar körib çiqilmoqda

Matn22-yanvar, 2020, 13:201 daqiqa0 koʻrish

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining barça qömitalarida yangi tarkibdagi Hukumat aʼzoligiga nomzodlarni körib çiqiş va maʼqullaş masalalari muhokama qilinmoqda.

Jumladan:

Oçilboy Ramatov Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga nomzod sifatida körsatildi.

Aziz Abduhakimov esa Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Turizmni rivojlantiriş böyiça davlat qömitasi raisi lavozimiga nomzod sifatida körsatildi. Eʼtiborli tomoni, bu yangi lavozim. Demak, Turizmni rivojlantiriş qömitasi raisi bir paytning özida Boş vazir örinbosari ham böladi. Aziz Abduhakimov Boş vazir örinbosari bölişidan oldin aynan Turizm qömitasi raisi bölib işlagan edi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek