Hayvonlarni identifikatsiya qiliş tartibi va tölovlari
Manba:Huquqiy axborot
HAYVONLARNI IDENTIFIKATSIYA QILIŞ TARTIBI HAQIDA
Hayvonlarni identifikatsiya qiliş özi nima?
Birkalaş, tamğalaş, jetonlaş va çip örnatiş orqali hayvonlarga individual raqam beriş, hayvonlar töğrisida maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritiş va ularga veterinariya pasportini rasmiylaştiriş.
Veterinariya pasporti nima?
Veterinariya pasporti – bu hayvonning identifikatsiya raqami, uning egasi, hayvonlarning kasalliklarga qarşi emlanganligi, davolaş işlari töğrisidagi maʼlumotlar qayd etib boriladigan hujjat.
Barça hayvonlar identifikatsiya qilinadimi?
Yöq. Faqat qoramol, qöy, eçki, çöçqa, ot, eşak, tuyalar, itlar va muşuklar identifikatsiya qilinadi.
Parrandalar, quyonlar va boşqa hayvonlar identifikatsiya qilinmaydi.
Ilgari ham hayvonlar identifikatsiya qilinganmi?
Ha. Ilgari ham itlar va muşuklar identifikatsiya qilingan.
Identifikatsiya qiliş tartibi qanday?
Hayvon egalari hayvon tuğilgandan söng doimiy yaşaş joyidagi veterinariya xizmatining vakiliga quyidagi muddatlarda murojaat qilişlari lozim:
• qoramol, qöy va eçkilar, tuyalarning bolalari 14 kundan keyin;
• qulunlar va xötiklar 4 oyligidan keyin;
• çöçqa bolalari 1 oyligidan;
• it va muşuklar 3 oyligidan keyin.
Identifikatsiya uçun hayvonlarni veterinariya bölimlariga olib boriş kerakmi?
Şart emas. Veterinariya xizmati vakilining özi ariza kelib tuşgandan söng 3 kun içida joyiga borib hayvonlarni identifikatsiya qiladi. Hayvon egasining xohişiga köra, it va muşuklar ixtiyoriy ravişda veterinariya bölimlariga olib borilişi mumkin.
Hayvonlarni identifikatsiya qiliş şartmi?
Ha şart. Uşbu şartni bajarmaslik veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buziş hisoblanadi va tegişli javobgarlikka olib keladi.
Identifikatsiya qiliş xizmatlari uçun tölov mavjudmi?
Hayvonlarni identifikatsiya qiliş xizmatlari uçun hayvon egasidan quyidagi miqdorlarda tölov undiriladi:
• har bir qoramol, ot, eşak va tuyalar uçun – 4 460 söm;
• har bir qöy, eçki va çöçqalar uçun – 3 345 söm;
• har bir it va muşuklar uçun – 2 230 söm.
Har bir boş hayvonga veterinariya pasporti alohida rasmiylaştiriladimi?
Qöy va eçkilarga guruh usulida veterinariya pasporti rasmiylaştirilişi mumkin. Biroq, pasportda har bir hayvonning alohida identifikatsiya raqami körsatiladi. Boşqa hayvonlarga esa veterinariya pasporti alohida rasmiylaştiriladi.
Hayvon söyilsa yoki nobud bölsa nima böladi?
Bu holatda hayvon egalari 7 kun muddatda doimiy yaşaş joyidagi veterinariya xizmatining vakiliga tegişli birka va jetonlar bilan birga veterinariya pasportini hisobdan çiqariş uçun taqdim etadi.
Kanalga ulaniş👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot


