Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi hal etildi
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi ijobiy hal etildi
Joriy yilda harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abituriyent oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötgan bölib, masʼul vakolatli organlar tomonidan dastlabki tekşiriş natijalariga köra, 1828 nafar abituriyentning harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasi tasdiqlanmagan edi.
DTMning xabar berişiça, masʼul vakolatli organlar hamda tegişli vazirlik va idoralar bilan qayta tekşiriş natijalariga köra, 1828 nafar abituriyentdan 1516 nafari harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega ekanligi, 172 nafari safarbarlik çaqiruv rezervida xizmat qilganligi, 85 nafari harbiy xizmatni ötamaganligi va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni ötaganligi, lekin harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega emasligi aniqlandi.
Davlat test markazi tomonidan tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlarning test sinovida töplagan ballari asosida tanlov natijalari (har bir taʼlim şakli va oliy taʼlim muassasasi kesimida) hisoblanganda 1516 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari tölov-kontraktga ötiş ballariga teng yoki undan yuqori (röyxatdan ötişda tanlangan 1-oliy taʼlim muassasasida imtiyoz doirasida ötiş baliga nisbatan) ball töplaganligi maʼlum böldi.
Uşbu masala Davlat qabul komissiyasining navbatdagi majlisida körib çiqilib, tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda abituriyentlarning huquqlarini himoya qiliş maqsadida mazkur abituriyentlarning 128 nafari davlat granti asosida, 478 nafari esa tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
Hozirda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etilmoqda.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar öz natijalarini şaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz) orqali körişlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



