Bugun içki işlar organlari xodimlari kuni
Bugun içki işlar organlari xodimlari kuni!
Barça içki işlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan çin qalbdan tabriklayman!
Özbekistondagi eng katta huquqni muhofaza qiluvçi organ sifatida yurtimiz tinçligini himoyalaşda beqiyos hissa qöşayapsiz.
Rivojlangan davlatlarda mamlakat politsiyasi xalqning eng işonçli dösti, himoyaçisi. Fuqarolar ham ularga oğir vaziyatlarda suyanadi. Men ham Özbekiston içki işlar organlari xuddi ana şunday tizim bölişini orzu qilaman. Odamlar formali xodimni körganda yuragiga ğulğula tuşmasdan, aksinça xotirjam bölişi kerak. Bunga qança vaqt talab etiladi, nimalar qiliş kerak, aniq bilmadim, lekin öşa kunlar kelişiga işonaman. Çunki tizimda fidoyi, vatanparvar xodimlar köp.
Xalq xizmatidan çarçamang!
👉 @xushnudbek 👈
