Harbiy prokuratura qömondon buyruğini bekor qildirdi
Harbiy prokuratura qömondon buyruğini bekor qildirdi
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, harbiy xizmatçi B.B. öziga biriktirilgan harbiy maşinada ketayotganida maşinada nosozlik yuzaga keladi. Uni bartaraf etiş uçun esa maʼlum manzilga borib, kerakli jihozlarni oliş kerak böladi, maşina esa yurmaydi.
Harbiy xizmatçi noiloj, quroldoşi A.A.dan uning şaxsiy maşinasida ehtiyot qismlar olib kelişni iltimos qiladi, benzinni ham özi topib berişini aytadi va yuk maşinadan benzin olib berayotganida harbiy komendant voqeaga guvoh böladi.
Oradan bir neça kun ötib ana şu voqea asos qilib olinib, ikki harbiy xizmatçining ham şartnomasi bekor qilinib, ular zaxiraga böşatiladi.
Yuqoridagi holat böyiça töliq suriştiruv ötkazilmagani, harbiy xizmatçilar harbiy qömondon qabuliga kirişga harakat qilib, bunga erişa olmagani uçun aslida nima bölgani yuzaga çiqmay qoladi.
Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur iş töliq örganib çiqildi. Tergovga qadar tekşiruv ötkazildi, nima uçun nosozlik yuzaga kelganida nizomga amal qilinmagani, guvohlarning körsatmalari va boşqa barça holatlar tahlil qilindi.
Nihoyat, sud muhokamasida har ikki harbiy xizmatçi xizmat faoliyati davomida harbiy qismga tegişli bölgan avtomaşinaning texnik nosozligini bartaraf etiş maqsadida şunday yöl tutişgani, çindan ham öşa kuni avtomaşina texnik nosoz holatda bölgani öz tasdiğini topdi. Maʼlum bölişiça, yuqoridagi harbiy xizmatçilar şu voqea röy bergan kungaça biror marta intizomiy jazo ham olmagani, harbiy qism qömondonligi tomonidan ijobiy tavsiflangani ham eʼtiborga olindi.
Sud harbiy xizmatçilar B.B. va A.A.ning xizmatga qayta tiklaş töğrisidagi arizasini qanoatlantirdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
