Harakatlar strategiyasi muddatidan oldin yakunlandimi

Matn27-yanvar, 2020, 13:471 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Unutil(ayot)gan Harakatlar strategiyasi

Darvoqe, yangi Özbekistonning atributlaridan va balandparvoz asoslaridan biri 2017-yildan amalga oşirişga kirişilgan Harakatlar strategiyasi edi. U beş yilga möljallangan bölib, xalqaro hamjamiyat, odamlarimiz tomonidan ijobiy kutib olingan edi. Oxirgi voqealar şundan dalolat berayaptiki, Harakatlar strategiyasi muddatidan oldin yakunlandi. Nega bunday xulosaga kelayapsiz?

Birinçidan, parlamentga taqdim qilingan murojaatda Harakatlar strategiyasi umuman tilga olinmadi. Murojaat avvalida taqdim etilgan hisobot köproq aynan davlat dasturi ijrosiga qaratildi.

Ikkinçidan, murojaatning ertasigayoq Xalqaro press-klubda çiqiş qilgan amaldorlarimiz oğzidan yangragan asosiy messejlardan biri aynan islohotlarning birinçi bosqiçi mantiqan yakunlangani haqida böldi.

Uçinçidan, oxirgi uç yilda qabul qilingan sanoqsiz konsepsiyalar, strategiyalar va yöl xaritalari fonida Harakatlar strategiyasining ahamiyati ança pasaydi. Buni Harakatlar strategiyasi ijrosi, uning nazorati bilan boğliq çalajon saʼy-harakatlarda ham köriş mumkin. Parlament nazorati göyoki nomiga ötkazildi, Harakatlar strategiyasi ijrosi böyiça davlat dasturlarida belgilangan vazifalar oxirigaça hayotga tatbiq etilmadi. Masalan, hokim bobolar hali ham mahalliy kengaşlar rahbarlari sifatida qolmoqda — özini özi nazorat qilmoqda. Vaholanki, bu masala 2019-yilning 1-martiga qadar aniq bölişi kerak edi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Koronavirusdan vahimaga tuşişga asos yöq

    01 daqiqa

  2. Chiroqchida IIB xodimlari qamoqqa olindi

    01 daqiqa

  3. Viloyat hokimlari qancha maosh oladi

    01 daqiqa

Yana oʻqing