Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Hammasi o'zimizdan boshlanadi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:Mikrofon ko‘targan ayol

Hammasi özimizdan boşlanadi

Komandirovkadan qaytayotgandik. Uzoq yöl. Nimalarni gaplaşmaysan kişi. “Hammasi özimizdan boşlanadi” turkumidagi hikoyalar boşlandi. Şundan bittasini samarqandlik hamkasbim aytib berdi.

“...Ötgan yili qişloqqa borsam, “mazza böp qoldi bizaga” deyişdi qişloqdoşlar. Nimaga desam, “köçalarimiz, yöllarimiz, uygaça asfalt bölib qoldi!” “Iyeye, qayoqdan kun çiqdi?” degandim, “Bulunğurda suv ombori qurilyapti. Şu bizdan 1-1.5 km uzoqlikda. Beton aralaşma opkeladigan gruzovoylardan arzongina tuşirib olyapmiz. Suvtekinga asfalt qilib oldik”...

Hamkasbim hikoyaning şu yeriga kelganida hammamiz uvillab yubordik. “Nimaa, ikkinçi Sardoba böladiku!”

Gapning davomini eşitib biroz xotirjam tortdik. “Ötgan yili Sardoba voqeasidan keyin hamma suv omborlarini quriliş jarayoni tekşirildi. Odamlarga quriliş materiallarini sotganlarni iyulda qamaşdi.”

Ha, har tugul.
Ammo...
Asfaltni sotib olganlarni-çi, ularni kim qamaydi? Kim ularni vijdonini sud qiladi?

Omma qanday bölsa, ommaning özi doim tanqid qiladigan, poraxördan olib öğriga soladigan rahbarçalari ham şunday böladi.

Şu ammamizga şu poççamiz böladi.

Korrupsionerlarni, xalq pulini öğirlaydiganlarni boşqa xalq onalari, otalari dunyoga keltirmagan. Özimiz ular.

Hammasi özimizdan boşlanadi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek