Hamkorbank xalqaro qimmatli qoğozlar bozorida iş boşladi

Matn31-iyul, 2020, 14:161 daqiqa0 koʻrish

Manba:HAMKORBANK

​​ATB “Hamkorbank” xalqaro qimmatli qoğozlar bozorida öz faoliyatini boşladi.

“Hamkorbank” xalqaro fond bozorida özining investitsion faoliyatini boşladi. Samarali bank aktiv amaliyotlari sifatida “Hamkorbank” ATBning xalqaro qimmatli qoğozlar bozoridagi faoliyati bankga risk darajasi nisbatan kam bölgan amaliyotlar orqali qöşimça daromad oliş, bank aktivlarini diversifikatsiyalaş, bank mablağlarini samarali boşqariş, qimmatli qoğozlar bilan REPO bitimlarini amalga oşiriş orqali arzon resurslar jalb qiliş hamda valyuta fyuçerslari va opsionlardan keng foydalangan holda valyuta risklarini samarali boşqariş imkoniyatini beradi.

“Hamkorbank” dastlabki savdo bitimi 2020-yil 30-iyul kungi savdolarda London fond birjasida yuqori likvili hamda barkaror bölgan Özbekiston Respublikasi suveren yevrobondlarini (davlat suveren xalqaro yevroobligatsiyalarini) sotib oldi. Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi 2019-yilning fevral oyida tarixda ilk bor 1 mlrd. AQŞ dollari miqdoriga teng bölgan davlat suveren yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylaştirgan va xalqaro investorlar tomonidan juda yaxşi kutib olingan edi, yaʼni uşbu qimmatli qoğozga bölgan talab uning umumiy joylaştirilgan qiymatidan deyarli 4 barobar köp bölgan.

•Davlat suveren yevroobligatsiyalari (yevrobond) – Xalqaro kapital bozoridan mablağlar jalb qiliş uçun davlat xukumati tomonidan maʼlum bir muddatga va yillik foiz tölovi asosida çiqarilgan xalqaro qarz majburiyatini ifoda etuvçi davlat qimmatli qoğozidir.

Telegram | Facebook | Instagram

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek