Qurbon hayitini nişonlaş böyiça Ulamolar Kengaşi tavsiyalari

Matn30-iyul, 2020, 22:501 daqiqa0 koʻrish

⚡️Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi karantin şaroitida Qurbon hayitini nişonlaş böyiça quyidagi tavsiyalarini eʼlon qiladi:

🌙 Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi Islom dini manbalari, Respublika maxsus komissiyasi xulosalari va tibbiyot mutaxassislari tavsiyalariga tayangan holda 2020-yilgi pandemiya şaroitida Qurbon hayiti – Iydul adha namozini öqiş mömin-musulmonlarning zimmasidan soqit bölişini maʼlum qiladi.

Qurbon hayiti kuni mömin-musulmonlarga öz xonadonlarida quyoş terak böyi kötarilgandan keyin tört rakatli nafl namozi öqişlari tavsiya etiladi.

🐏 Qurbon hayiti kuni imkoni bor yurtdoşlarimiz bomdod namozini öqib, keyin qurbonlik qilişlari tavsiya etiladi. Qurbonlik göşti uçga taqsimlanib, bir qismi – yaqin qarindoşlarga, yana bir qismi – kambağal va muhtojlarga tarqatiş, qolganini – oila ahliga olib qoliş mustahabdir. Hammasini faqirlarga bersa yoki oilada köpçilik bölsa, uyda qoldirsa ham böladi.

🕌 Bu yilgi Qurbon hayiti karantin şaroitida nişonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanişiga sabab böladigan urf-odatlarni taşkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, maʼraka-marosimlarni ötkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanişni söraymiz. Xonadonda, oila-aʼzolari bilan birga Qurʼoni karim oyatlaridan tilovat qilib, ötganlarimiz ruhi poklariga baxşida etişni tavsiya etamiz.

Manba: @koronavirusinfouz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek