Geologiya qömitasi binosi 124,7 mlrd sömga sotildi
Auksionda 1 gektar yeri bölgan davlat aktivi 125 mlrd sömga sotildi
"Ye-auksion" platformasidagi savdolar kuzatib borilsa, sönggi paytlarda ayrim yirik davlat obyektlari katta summada sotilmoqda. Masalan, yaqindagina 208 mlrd sömga sotilgan davlat mulki bunga misol böla oladi.
Bugun bölib ötgan savdoda boşlanğiç narxi 75,6 mlrd söm bölgan Geologiya davlat qömitasining binosi va yer maydoni 124,7 mlrd sömga sotilibdi.
Savdo 1 soatdan ortiq vaqt davom etgan. 5 nafar talabgor örtasida ötgan savdoda 1,3 gektar yer maydoniga ega bölgan mulk 49 mlrd söm qimmatroqqa sotilgan.
Ğolib "XAMKOR INSHAAT" MÇJ. Uşbu firma taʼsisçilari sifatida Kiprda röyxatda olingan HIMEND LIMITED kompaniyasi (48% uluş) va özbekistonlik uç nafar jismoniy şaxs körsatib ötilgan.
Qiziq tomoni, xuddi şu kompaniya ötgan yil oktabr oyida Geologiya qömitasiga qaraşli, qömita binosi yaqinida joylaşgan «Mineral resurslar instituti» davlat muassasi binosini 71,6 mlrd sömga sotib olgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 426


