Garvard talabalari Özbekiston kapital bozorini örganadi
Yaxşi xabar! Garvard talabalari endilikda Özbekiston kapital bozori islohotlarini örganadi
AQŞning Massaçusets ştatidagi Boston şahrida joylaşgan Garvard Biznes maktabi (Harvard Business School) MBA (Master of Business Administration) dasturi böyiça jahonda ikkinçi eng zör oliy öquv yurtidir.
Garvard biznes maktabida Özbekiston kapital bozoridagi islohotlarni örganuvçi öquv keysi (case study) taşkil qilindi. Keys talabalarga Özbekiston kapital bozoridagi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi taşkil qilinişi davridagi mavjud holat, muammolarni örganiş, ularni tahlil qiliş va yeçim topiş vazifasi yuklatiladi.
Şuningdek, uşbu keys studentlarning yangi oçilayotgan rivojlanayotgan kapital bozorida reformalarni amalga oşiriş tajribasini çuqurroq örganişi uçun Garvard biznes maktabining «Biznesni tahlil qiliş va baholaş» öquv kursiga kiritilişi rejalaştirilgan.
Keys professor Jonas Heese va Botir Kobilov tomonidan tayyorlangan.
Keysda kapital bozorini tartibga soliş sohasidagi yiğilib kelgan kamçiliklar, xususan, kapital bozorini tartibga soluvçi köp sonli meyoriy hujjatlar, aholining moliyaviy savodxonligi pastligi, emitentlar uçun yuqori sifatli va öz vaqtida oşkor etiliş tizimining yöqligi, moliyaviy hisobot standartlarining xalqaro standartlarga töliq mos kelmasligi haqida gap boradi hamda hozirda uşbu muammolarni bartaraf etiş maqsadida qanday işlar amalga oşirilayotganligi körsatiladi.
👉 @xushnudbek 👈


