Favqulodda vaziyatlar vazirligi taşkil etilganiga 25 yil töldi

Foto5-mart, 2021, 11:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga 25 yil töldi

Toğni qor bossa, qişloqni sel olsa, yoinki biror talofat yuz bersa eng birinçi bölib ular şoşilişadi, hodisa joyiga ular birinçi bölib yetib kelişadi, kulfatda qolgan odam borki najotni ulardan kutadi.

Ular favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari!

Keça, 4-mart kuni vazirlik taşkil etilganiga 25 yil töldi. Şu sabab, heçdan köra keç naqliga amal qilib, falokatga uçraganlarga yordam körsatib, mardlik va fidoiylik bilan insonlar hayoti uçun kuraşadigan soha vakillarini tabriklayman.

Biz uçun qayğuradigan soha vakillariga rahmatlar aytamiz, köklarga kötaramiz. Ammo köpinça eʼtibor beraman, eng xavfli onlarda jonimizga oro kirişi mumkin bölgan bu kasb egalarini doim ham esga olavermaymiz.

Şu fursatdan foydalanib, uşbu şarafli kasb egalariga özimning va favqulodda vaziyatlarda qutqarib qolingan minglab insonlar nomidan rahmat aytaman!

Kasb bayramingiz muborak bölsin!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing