Ezidyor egalariga Sayohat restorani berildi

Matn3-oktabr, 2019, 19:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​«Ezidyor» egalariga «Sayohat» restorani berildi

Yodingizdami, iyul oyida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkor manfaatini közlab, Toşkent şahar hokimligini sudga berib, ğalaba qozonganini yozgan edi.

Unga köra, «Tashkent City» qurilişi munosabati bilan buzib taşlangan «EZIDYOR» restoranining egasi 1 yildan buyon sarson bölib yurgani, Toşkent şahar hokimligi vaʼdasining ustida turmay, restoranning örniga berilişi aytilgan «Sayohat» restoranini haligaça tadbirkorga ötkazib bermagani aytilgandi.

Olingan maʼlumotlarga köra, sentabr oyiga kelib «Sayohat» restorani davlat balansidan tadbirkorlar nomiga töliq ötkazib berilibdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligida bölib ötgan uçraşuvda “GRAND DUET” MÇJ Özbekiston-BAA qöşma korxonasi rahbari Şerzod Sobirov maʼlum qildi.

U öz navbatida bir yildan buyon hal bölmayotgan masalani ijobiy tomonga özgarişga hissa qöşgan barça mutasaddi rahbarlarga, Savdo-sanoat palatasiga, şuningdek OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda uşbu masalani yoritib, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilgan barça jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirdi.

Qonuniy huquqlarning tiklanişi juda yaxşi iş. Öşa huquqlarning umuman buzilmasligi – barçasidan aʼlo.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek