Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga qabul boshlandi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
Hujjatlar 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
✅ Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
✅ Ijod maktabiga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga bu yil 7- sinfga qabul bo'lib o'tadi.
📲Murojaat uchun telefonlar: 998582691, 911585938, 916660022
- 👍 353


