Erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi tenglaştiriladi
Erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi tenglaştiriladi
Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq quyidagilar belgilandi:
👉 ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi özlari yaşab turgan turar joylarni ular Mehribonlik uylariga joylaştirilgan, vasiylikka yoki homiylikka oluvçi bilan birga yaşayotgan butun vaqt mobaynida, ön sakkiz yoşga tölgunga qadar bronlaştiriş huquqi beriladi;
👉 bolalarning röyxatda turiş joyi va fuqaroligidan qatʼi nazar, ularga barça ijtimoiy xizmatlar körsatiladi;
👉 bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini töliq körib çiqiş kafolatlanadi va bola töliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni körmasdan qoldirişga yöl qöyilmaydi;
👉 14 yoşga tölgan bola özining taʼminoti uçun bir vaqtning özida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undiriş töğrisida daʼvo qözğatişga haqli;
👉 bolalarni himoya qiliş maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan daʼvogar davlat boji va boşqa tölovlarni tölaşdan ozod qilinadi.
Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etildi.
2019-yil 1-sentabrdan erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi ön sakkiz yoş etib belgilandi.
2019/2020 öquv yilidan boşlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilişning umumiy sonidan Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan çin yetimlar uçun qöşimça ravişda bir foizgaça davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.
Davlat statistika qömitasiga onalik va bolalikka oid statistik maʼlumotlarni “stat.uz” veb-saytiga joylaştirişni va maʼlumotlarni doimiy ravişda yangilab boriş vazifasi yuklandi.
“Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy himoyalaş töğrisida”gi qonun işlab çiqiladi.
Hujjat haqidagi töliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanişiş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


