Don va un oçiq birjada sotiladigan böldi
Ertadan boşlab barça don va un oçiq birjada sotiladi
Bugun don, un va non yetkazib beriş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etişga oid Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qarorda aytilişiça:
• joriy yilda 7 mln tonnadan ortiq ğalla yetiştirilgan;
• I nav unning ulgurji va çakana narxlarini maʼmuriy tartibda belgilaş natijasida un işlab çiqaruvçi taşkilotlar har bir tonna undan salkam 900 ming söm zarar körmoqda.
Şunga köra, 2019-yil 15-oktabrdan quyidagi tartib örnatiladi:
👉 «Özdonmahsulot» AK tizimidagi taşkilotlar tomonidan 2019-yil hosilidan tayyorlangan va un işlab çiqarişga yönaltiriladigan buğdoydan boşqa ğalla isteʼmolçilarining barça toifalariga faqat birja savdolari orqali heç qanday çeklovlarsiz sotiladi;
👉 davlat xaridlari doirasida sotib olingan buğdoyni qayta işlaşdan olinadigan un barça isteʼmolçilarga heç qanday çeklovlarsiz 100 foiz oldindan tölovni amalga oşiriş orqali oçiq birja savdolarida sotiladi;
👉 un narxi keskin oşib ketişining oldini oliş maqsadida 2019-yil hosilidan tayyorlangan buğdoyning tonnasi un işlab çiqarişga 1 mln 300 ming sömdan ulgurji narxlarda sotiladi. Bunda, buğdoyning örtaça xarid narxi va ulgurji narxi örtasidagi 120 ming söm miqdoridagi salbiy farq Moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
2019-yil 1-oktabrdan boşlab un va qolipli non xarid qiliş böyiça qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun tölanayotgan pul kompensatsiyasi köpaytiriladi.
Jumladan, quyidagilar 50 ming sömga oşadi:
— yoşga doir va nogironligi böyiça nafaqa;
— boquvçisini yöqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga);
— bolalikdan nogiron bölgan 16 yoşdan katta şaxslarga nafaqa;
— 16 yoşgaça bölgan nogiron bolalar va 18 yoşga tölmagan OIV infeksiyasiga çalingan şaxslarga nafaqa;
— belgilangan eng kam yoşga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvçi har bir pensiya oluvçiga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi;
— mahallalar tomonidan 2 yoşgaça bölgan bolalar parvarişi uçun tayinlangan nafaqa;
— moddiy yordam oluvçi oilaga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi;
— 14 yoşgaça bölgan bolalari uçun tayinlangan nafaqa;
— belgilangan eng kam yoşga doir pensiya miqdorida pensiya oluvçilarning nafaqa va pensiyalari.
Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahri prokurorlari çakana savdo şaxobçalarida un va qolipli nonning isteʼmolçilarga uzluksiz yetkazib berilişi ustidan kunlik qatʼiy nazorat örnatadi hamda 2020-yil 1-yanvargaça har haftada Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlar kiritib boradi.
Qarorning rasmiy va töliq matni:
http://lex.uz/pdfs/4552156
👉 @xushnudbek 👈

