Togri.uz sayti öz faoliyatini töxtatdi
Togri.uz saytining yopilişi haqida
Bugun maʼlum qilinişiça, elektron OAVlardan biri bölgan «Togri.uz» sayti öz faoliyatini töxtatgan. Aniqroği homiylar tomonidan loyihani moliyalaştiriş töxtatilgan.
Hali yurtimizdagi axborot makoni kerakli darajaga yetib ulgurmagan bir paytda, yangiça yondoşuv bilan endigina iş boşlagan saytning yopilişi albatta odamning dilini xira qiladi.
«Togri.uz» sayti kreativligi bilan boşidanoq meni hayratda qoldirgandi. Loyihaning oçiliş marosimi uçun özgaça uslubda taklifnoma berişgandi. Taklifnoma majoziy maʼnoda gazeta körinişida edi. Xuddiki atayin menga atab çiqarilgan gazetaga öxşatib, fotosuratlarim bilan tayyorlaşgandi (surat pastda).
Saytning iş faoliyati ham yomon boşlanmadi, ayniqsa xalq orasida ötkazayotgan videosörovnomalari menga yoqardi. Iqtidorli jurnalistlardan yaxşi jamoa yiğişayotgan edi.
Ammo homiylar kim bölsa ham, pul ularniki, istasa mablağ ajratadi, istamasa yöq. Aslida bunaqa loyihalarni boşlaşdan oldin homiylar bilan munosabatlarni puxta hujjatlaştirib qöyiş kerak. Yaʼni maʼlum bir davrgaça (masalan, 1 yoki 2 yil) homiylik mablağlari ajratiş majburiyatini yuklaydigan şartnoma tuzib qöyiş maqsadga muvofiq. Yöqsa mana şunday 3 oydan keyin qöl siltab, taşlab ketişlari mumkin.
Ammo bilişimça, «Togri.uz» saytining litsenziyasi haliyam öz kuçida, şunçaki endi homiylik mablaği kelmaydi xolos. Bu holat majburiy obunadan mosuvo bölgan gazetalarnikiga juda öxşaş. Demak, sayt özini-özi moliyalaştiriş yöliga ötişi kerak. Albatta bu oson bölmaydi, avvalo ştatlar qisqaradi, xarajatlar minimumga tuşiriladi, reklamadan pul topişga katta urğu beriladi. Saytga taşrif buyuruvçilar, ijtimoiy tarmoqlardagi obunaçilar sonini oşiriş kerak böladi.
Hozirgi şaroitda bu unçalik oson iş emas. Masalan, Turon24 yopilgaç, undagi bir guruh jurnalistlar mustaqil Minbar.uz loyihasiga asos solişgandi. Biroq, maʼlumotlarga qaraganda, uşbu loyiha ham moliyaviy qiyinçiliklar tufayli biroz muddat tanaffusga çiqqan. «Togri.uz» saytini ham şu qismat kutayotgan bölişi mumkin, lekin bir marta urinib köriş kerakdir balki.
Özi şunaqa paytlarda OAVlar yopilib ketmasligi uçun maʼlum muddatga ssuda yoki grantlar ajratadigan fondga ehtiyoj bor. Yaʼni qiyin vaziyatda OAVlarni mablağ bilan taʼminlab, ularni oyoqqa turib olişiga kömaklaşiş kerak.
Yoxud OAVlar özaro «qora kassa» şakllantirsa ham böladi. Har oy «qora kassa»ga aʼzo OAVlar kiçikroq bölsa-da badal tölab boradi, kassada yiğilgan pullar zarur hollarda mana şunday loyihalarni saqlab qoliş uçun işlatiladi. Boşqaça aytganda jurnalistik birdamlikni taʼminlaş faqat gapda yoki oğizda emas, moddiy tomondan ham bölişi mumkin.
Balki adaşayotgandirman, şunçaki fikrda bu ham...
👉 @xushnudbek 👈

