Avto oltimish oy MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Içki işlar vazirligining “Avto oltimish oy” MÇJ haqida bayonoti
«UzAuto Motors» kompaniyasining Içki işlar vazirligiga yöllagan murojaati yuzasidan Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltimish oy” MÇJning mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi, yaʼni pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyatini tekşiriş maqsadida jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi yuzasidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzdan himoyalaş va “Avto oltimish oy” MÇJning faoliyati şaffofligini örganiş maqsadida, moliya-xöjalik faoliyati hujjatli taftişni ötkaziş yöli bilan tekşiriladi.
Ayni vaqtda, “Avto oltimish oy” MÇJning boş ofisi va viloyatlardagi filiallarida mavjud buxgalteriya hujjatlarini aniqlab oliş maqsadida, tergov guruhlari tomonidan tintuv tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Şu bilan birga, taʼkidlaş joizki, tadbirkorlik subyektining nazorat kirim-çiqim operatsiyalari nazoratga olinadi, lekin faoliyati töxtatib qöyilmaydi.
Taftiş yakuniga köra, mazkur jamiyat mansabdor şaxslari va boşqalarning harakatlariga huquqiy baho berilib, jinoyat işi böyiça yakuniy qaror qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


