Deputatman deyişga iymanaman: Jomboylik muharrir iqrori
DEPUTATMAN, DEYIŞGA IYMANAMAN...
“Jomboy tongi” gazetasi muharriri Isomiddin Pölatov tuman kengaşi deputatlari faoliyatiga bir nazar taşlabdi. Maqolani biroz qisqartirib eʼlon qilaman:
«Tuman kengaşi deputatiman.
Keling, qisqaça şu haqda.
Tuman kengaşida böşab qolgan öringa nomzodimni taklif etişdi. Aniqroği, saylovning bir hafta nari-berisida. Ruhiy tayyor emasdim, deputatning vakolati, majburiyatini bilişga, his etişgayam ulgurmadim. Şunçalik tez deputatga aylandimki, anglamay qoldim. Meni kim sayladi, nega sayladi, hozirgaça tuşunmayman.
Öylaymanki, tumandagi bir taşkilot rahbari ekanim, gazetada muharrirligim deputat bölişga loyiqligimni bildirmaydi. Bunday bölmasligi kerak. Odamning lavozimi saylovlarda rol öynaşi tarafdori emasman.
Rosti, dastlabki sessiyalarda qatnaşganimda kun tartibiga qöyilgan masalalarni öqib, bu qarorlarni deputatlar tasdiqlaşini anglaganimda, suyunganman.
Ammo tuşundimki, baʼzan “ovozga qöyaman” degan kalomga “qarşiman”, “eʼtirozim bor” deyolmay qolarkansiz. Çunki yoningizda kötarilgan “30 ta qöl” bunga yöl qöymaydi. Ularga qöşilib oqqaningizni bilmay qolasiz. Savol bersangiz, ensaqotişlar, zardali nigohlar taʼqibida qolasiz. Çunki boşqalarning vaqtini olayotgan bölasiz (!). Sessiyaning tezroq tugaşini kutayotgan ayrim safdoşlaringizga yoqmaysiz. Buning oşkora va yaşirin belgilari sizga öşa zahoti maʼlum böladi.
Qançalik dahşat-a! Deputat sessiyaning tugaşini, anglanmagan masalaning tezroq yopilişini kutsa! Şundan keyin ham deputat bölişga havas qoladi, deysizmi?
Oçiği, biror özim tuşunmagan, işonmagan masalani tasdiqlaş söralganda, içimdan qirindi ötadi. Baʼzan qöl kötarmay qöyaman. Buyam aslida vijdonni ovutib qöyiş uçun. Harqalay, olqişlamadimku, deb özimni yupatiş uçun.
Sessiyalarda önlab masalalarning ikki-uç soatda körilişi bu alohida mavzu. Huquq tartibot organlari rahbarlarining hisob bermaydigan quruq hisoboti, axboroti ham «yopiq mavzu» bölmasligi kerak, albatta.
Ijtimoiy tarmoqlarda eng quruq, tekinxör, ikkiyuzlamaçi toifa haqida gap ketsa, deputatlarni ham tilga oladigan bölişdi.
Yaqinda özim saylangan hududdan bir amaki yuzimga qarab, “Siz deputatimiz ekanligingizni endi bildim. Tez-tez kelib tursangiz bölmaydimi?” dedi. Qaniydi, şunday paytda yer yorilsa, kirib ketsangiz. Yaxşiyam, şu atrofdagi tanişimiz “Bu kişi gazeta muharriri. Bularning işi ham deputatning vakolatlariga yaqin turadi. Bitta bizning hudud emas, tumanning muammolarini kötarib çiqişyapti-ku” dedi. Meni tanimagan “saylovçim” bu javobga qoniqdimi, yöqmi, bu menga qoronği. Ammo özimdan özim qoniqmadim, qoniqmayapman.
Savollar uyulib keladi. XÖŞ, DEPUTAT BÖLIB NIMA QILDIM? Qarğa “qağ” etganda çiqaradigan deputatlik sörovim kimga kerak? Bu bilan nima özgaryapti? Jurnalist sifatida biz kötargan muammolarga kelgani kabi quruq javob xatlar odamlarga non-oş beradimi? Yaşaşini yaxşilaydimi? Mahallada qança odamni taniyman? Qança odam meni taniydi? Afsuski, özimga beradigan savollarim tobora oğirlaşib boraveradi...
Nima qilmoq kerak?
Bu tizim özgarişi lozim. Avvalo, bölajak deputatdan “Sen şuni xohlaysanmi? Bu işni eplaşga közing yetadimi? Sohaga oid qonunlardan qançalik xabardorsan?” deb söraş kerak. Deputat xalqning özidan çiqsin. Tom maʼnoda odamlarning vakili bölsin. Lavozim, amal talab qiliş şart emas. (YOZILMAGAN, AMMO QATTIQ IŞLAYDIGAN QOIDALARNI NAZARDA TUTYAPMAN). U qonun bilan işlasin. Uning söroviga javob bermaydigan, bepisand, masalaga yuzaki qaraydigan, “gapni aylantiradigan” taşkilot rahbarining javobgarligi kuçaytirilsin. Yaxşi maʼnoda deputatdan hayiqişni örganaylik. U xalqning közgusiga aylansin. (Deputat oylik olsin, rağbatlantirilsin). Nega “rağbat” deyapman? Ayrimlar deputat bu rutba ortidan boylik orttiryapti yoki moliyaviy taʼminoti zör bölsa kerak, deb öylaydi. Amalda ularning aksarida eşak aravayam yöq.
Iqror bölişdan oğiri yöq. Bu jarayonga osonlikça kelib bölmas ekan. Oğir uyatni his etarkan, kişi.
AMMO ÖZINGDAN UYALIŞNI BAS QILIŞ UÇUN HAM ODAMGA IQROR KERAK.
Xullas, deputatman deyişga iymanaman!»
👉 @xushnudbek 👈
