Deputatlikka nomzodlar uçun muhim maslahatlar

Matn21-dekabr, 2019, 19:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Deputatlikka nomzodlarga maslahatlar

Hurmatli, nomzod!

Sizni ertaga katta sinov kutib turibdi. Agar ertangi saylovlarda haqiqatda köp ovoz olişga közingiz yetib turgan bölsayu, ammo avvalgi yillardagi kabi turli qinğirliklardan xavotir olayotgan bölsangiz, unda quyidagi maslahatlarimni diqqat bilan öqib çiqing.

Bu yoş bola nimani ham örgatardi, deyişingiz mumkin. Ammo işoning, bu jarayonlarda ozmi-köpmi tajribam bor.

Unutmang, uşbu fikrlar ötgan saylovlar tajribasidan kelib çiqib aytilmoqda, balki joriy saylovda bunday işlar qilinmas (şunga qattiq vaʼda berişmoqda) va bu maslahatlarning Sizga hojati ham bölmas.

...

Saylovga aralaşişga harakat qilgan insonlar aslida öz manfaatlari yölida demokratik qadriyatlar, xalq işonçi va Özbekiston imijini ham pullaşga tayyor bölgan muttahamlardir. Bunaqalardan sira qörqmang va hayiqmang. Özingizga va Sizga ovoz bergan minglab saylovçilarga işoning, şuning özi yetadi.

Hurmatli, munosib nomzodlar!

Qonun çiqaruvçi hokimiyat vakili böliş yölidagi mardonavor kuraşingizda Sizlarga çin dildan omadlar tilayman. Mamlakat taqdiriga befarq, mustaqil fikri yöq hamda eng asosiysi - xalq aslida ovoz bermagan noinsof nomzodlarning saylanmasligiga tilakdoşman.

Maqolani batafsil quyidagi havola orqali öqişingiz mumkin:
https://teletype.in/@xushnudbek/SkLk1njCB

Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek