Davlat test markazi saytidagi texnik muammolar
Bizda hammasini pul hal qilmaydi
Bugungi mandat eʼlon qiliniş jarayonini kuzata turib, şunga amin böldimki, Özbekistonda biror muvaffaqiyatli loyiha qiliş uçun hammasini pul hal qilmaydi. Avvallari Davlat test markazi rosa nolir edi, bizda pul yöq, byudjetdan kam ajratiladi, imkoniyat çeklangan, qölimiz kalta va h.k.
Ötgan yili abituriyentlardan pul oliş boşlandi va 53 mlrd söm pul kelib tuşdi (avvalgi 70 mlrd xato ekan). Joriy yilda esa bu 100 mlrd sömdan oşgan.
Mandat eʼlon qilinganiga 4 soatdan oşdi, ammo haligaça DTM sayti yaxşi işlamayapti. Serverda yoki boşqa muammolar çiqmoqda. Çunki yuklamani kötara olmayapti.
Demak, agar barça muammo pulda bölganda, bunaqa bölmasligi kerak edi. Abituriyentlardan olinayotgan milliardlab mablağ evaziga, çidamli server va tizim yaratsa bölardi.
Muammo balki kadrlardadir, balki umuman Özbekistondagi IT-infratuzilmasidadir, muammo balki masʼuliyatni his qila olmayotganlardadir. Bunisini aniq bilmadim, lekin muammo pulda emasligi aniq.
Uyalinglar...
👉 @xushnudbek 👈


