Çimyondagi toğ markaziga press-tur taşkil etildi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan



Bugun Özbekiston Qurolli Kuçlarining 30 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qaraşli Çimyondagi toğ markaziga press-tur taşkil qilindi. Bir guruh jurnalist va blogerlarga toğ markazi imkoniyatlari taniştirildi, askarlarning harbiy öquv maşğulotlarini bevosita kuzatiş imkoni böldi.
Özbekistonda toğli çegara hududlari ham köp, bu esa harbiylarimizdan tunu kun doimiy huşyorlikni va jangovor tayyorgarlikni talab etadi. Bizku nari borsa 300-400 ming obunaçilarimizni öylab biror narsa yozarmiz, lekin harbiylar esa 35 mln aholi tinçligi va osoyiştaligining masʼuliyatini yelkasida kötarib yurişadi. Bu aytişgagina oson, aslida buning maşaqqatini faqat harbiylarning özlarigina yaxşi his qila olişadi.
Toğ markazidagi şaroitlar va qurol-yaroğlar bizda katta taassurot uyğotdi. Ayrim hamkasblarimiz çanği va otlarda yurib, özlarini harbiylardek his qilib körişdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1878




