Chet tili sertifikatlarini kiritishda xatolarga yo'l qo'ymang

Matn29-iyun, 2020, 18:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Chet tilini bilish sertifikatlarni kiritishda e’tiborli bo‘ling!

#abituriyent

✅ Chet tili fanidan B2 va undan yuqori darajada bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Davlat test markazi onlayn ro'yxatdan o'tish jarayonida eng ko'p uchrayotgan xatoliklardan biri haqida ma'lumot berdi.

👨🏻‍💻 Chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat qaysi chet tilidan berilganligi, sertifikat turi, tilni bilish darajasi, hujjat seriyasi va raqami, sertifikat berilgan sana va sertifikat rasmini tizimga kiritadi.

❕Mazkur ma’lumotlarni barchasi sertifikatlarni tekshirishda juda muhim.

🔖 Davlat test markazi tomonidan ushbu sertifikatlarning haqiqiyligi tekshiriladi va tasdiqlanadi.

📝 Shuning uchun abituriyentlardan mazkur ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishlarini va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz.

✅ Hozirga qadar Davlat test markazi tomonidan tekshirilgan 726 ta chet tili sertifikatlaridan 73 tasi noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlandi. Jumladan:

👉 ingliz tilidan – 33 ta;
👉 koreys tilidan – 22 ta;
👉 xitoy tilidan – 17 ta;
👉 arab tilidan – 1 ta;

✅ Kuzatilayotgan holatlar:

👉 imtiyoz berish uchun asos bo‘lmaydigan sertifikatlarni kiritish (o‘quv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro bo‘lmagan sertifikatlar);
👉 tilni bilish darajasini oshirib ko‘rsatish (B1 darajadagi sertifikatni B2 sifatida kiritish);
👉 sertifikat seriyasi va raqamini to‘liq kiritmaslik yoki noto‘g‘ri kiritish;
👉 amal qilish muddati tugagan sertifikatlarni kiritish;
👉 sertifikat rasmini xato yuklash (boshqa rasm);
👉 boshqa holatlar.

❗️Eslatib o‘tish lozimki, abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek