Buxoroda ayol kişi erkak qiyofasida firibgarlik qildi
Buxoroning «erkak»ga aylangan ayoli (Farğonadagidan farqli voqea)
Voqea Şofirkonda bölgan: bir ayol (bu ayolni yaxşilab eslab qoling!) qöşni bir qizga uni Rustam ismli yigit yaxşi körib qolganini aytgan. Söng haligi qizga öşa Rustamning özi telefon qilgan. Yoşlar ikki oyça telefon orqali gaplaşib yurişgan, bir neça bor yuzma-yuz körişişgan ham.
Kunlarning birida Rustam haligi qizdan pul söragan, «Bölsa, berib tur. Bölmasa, taqinçoqlaringni berib tur, men ularni garovga qöyib pul olaman, söng hammasini qaytarib beraman», deb aytgan. Qiz tuşmagur sodda ekan — Rustamga umumiy qiymati 8 million söm bölgan taqinçoq va yana 2,6 million söm naqd pul bergan.
Qiz şunçaki sodda emas — endi, nima desak ekan — çidab bölmas darajada sodda ekan-da. Rustam degani aslida öşa qizga «Seni Rustam yaxşi körib qolibdi» degan qöşni ayolning özi bölib çiqibdi: u telefonda ham erkakça ovoz bilan gapirgan, uçraşuvlarga qiyofasini özgartirib çiqqan. Dahşat!
Vaqtinça Rustamga aylangan firibgar ayol Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi («Firibgarlik») bilan sud qilinib, unga oylik iş haqining 15 foizini davlat foydasiga uşlab qoliş şarti bilan bir yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlanibdi.
Biz Rustam laqabli bu ayolni öz faoliyatini kinoda davom ettirişga çaqiramiz: aktrisa böla olmasa ham, undan yaxşi grimçi, qiyofa özgartiruvçi mutaxassis çiqişi mumkin. Lekin aktrisa ham çiqişi ham mumkin — axir u rolni juda işonarli öynaydi.
Manba: @daryo_live
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
