Özavtosanoat rahbari sohadagi muammolar haqida gapirdi

Matn1-avgust, 2018, 17:362 daqiqa0 koʻrish

Bundan avval Xalqaro Press klubda "Özavtosanoat" AJ rahbariyati tomonidan tomonidan qiziq va öz örnida aççiq fikrlar aytilgan edi.

XPK sessiyasida iştirok etgan "Özavtosanoat" AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov (tayinlanganiga atigi 1 oy böldi, bungaça Boş prokuraturada boşqarma boşliği lavozimida faoliyat yuritgan - tahr.) avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantiriş böyiça Konsepsiya işlab çiqilayotganini aytar ekan, mahsulotlar tannarxini kamaytiriş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, sohada import qilinadigan butlovçi qismlar va avtoehtiyot qismlar importini qisqartiriş borasida iş olib borilayotganini bildirdi.

"Tez orada Özbekistondagi barça 72ta dilerimiz (şundan 22tasi xususiy) bilan imzolangan hamkorlik şartnomalari qayta körib çiqiladi. Ular biz bilan imzolagan şartnomaning har bir bandini sözsiz bajarişi lozim böladi. Yaqin kelajakda şunday tizim yölga qöyiladiki, xaridor avtomobilni öziga yaqin dilerdan mobil telefoni orqali buyurtma beradi va uyida maşinasini qabul qilib oladi", - dedi Şavkat Umurzoqov.

Uning aytişiça, mazkur zavod bir yilda 290 ming dona avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega bölsa-da, bugungi kunda u 160-170 ming atrofida avtomobil işlab çiqarmoqda. "Hamma biladi va buning uçun maxsus bilimga ham ega böliş şart emas, deyarli 50 foiz işlagan zavod mahsulotining tannarxi yuqori böladi. Bu fuqarolarning çöntagiga taʼsir qiladi va xorijiy davlatlarga eksport potensialini yöqqa çiqaradi", - dedi Şavkat Umurzoqov.

Bundan avvalroq 26-iyun kuni soha vakillari bilan ötkazgan yiğilişida Prezident Şavkat Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bildirgandi:

"Avtomobil sanoatining rivojlantiriş meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Yildan-yilga işlab çiqariş ham qisqarayapti. Iqtisodiy manfaatning yöqligi sababli eksportni töxtatişga majbur böldik. Avtosanoatimiz korrupsiya botqoğidan qutula olmayapti. Taşqaridan yangi-yangi investitsiya olib kelinmayapti. Lokalizatsiya yöq desayam böladi. 53 foizligi qoğozda".

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek