Boliviya va Qirgʻizistonda IVL apparatlari bilan bogʻliq korrupsiya

Matn31-avgust, 2020, 18:001 daqiqa0 koʻrish

Koronavirus, IVL va korrupsiya

Pandemiya boşlangandan beri Boliviya hukumatining korrupsiya bilan boğliq mojarolardan boşi çiqmayapti. Gap şundaki, mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi Xitoy kompaniyasidan 324 ta sunʼiy nafas oliş apparati (IVL)ni qimmat narxda sotib olgan. Vazirlik har bir apparatni 35 ming dollardan xarid qilgan. Vaholanki, mazkur apparatlarni bozorda 13 ming atrofida topiş mumkin bölgan. Taxminlarga köra, mahalliy amaldorlar 6 mln dollar atrofida pul işlagan. Eng yomoni, qimmat bölişi yetmaganday, yana aksariyat apparat buzuq bölgan. Bu pandemiya boşlanganidan beri uçinçi yirik korrupsiyaviy mojaro hisoblanadi.

Qirğizistonda ham xuddi şunday muammoga duç kelingan. Bitta IVL apparati qariyb 32 ming dollardan xarid qilingan. Qirğiz matbuoti uşbu apparatni 13 ming dollar atrofida topiş mumkinligini yozişgan edi.

Özbekiston ham pandemiya boşlanganida 500 ta IVL apparatini 5,75 mln dollarga xarid qilgan edi (bittasi örtaça 11 ming 500 dollardan).

Moliya vazirligi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi xarajatlari böyiça batafsil maʼlumotlarni eʼlon qilişni boşladi. Unda kimlarga mablağ ajratilgani va tuzilgan şartnomalar hamda yetkazib beruvçilarning benefitsiarlari, maqsadi böyiça maʼlumotlar örin olgan.

Manba

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek