Bayram munosabati bilan 83 nafar ayol afv etildi
⚡️Bayram munosabati bilan jinoyat sodir etgan bir guruh ayollar afv etildi
Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Şavkat Mirziyoyev jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan ayrim mahkuma ayollarni afv etiş böyiça Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq jazo muddatini ötayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.
Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan töliq ozod qilindi, 29 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 17 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştirildi.
Yaʼni, jami 58 nafar ayol jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilinmoqda.
Şuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 7 nafarini çet el fuqarolari taşkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan ayollarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi.
👉 @xushnudbek 👈


