Bahodir Yalangtush xotirasi abadiylashtiriladi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Bahodir Yalangtöş xotirasi abadiylaştiriladi
Şavkat Mirziyoyev Samarqanddagi saylovçilar bilan uçraşmoqda.
«Samarqand deganda, barçamiz noyob tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni, xususan, betakror Registon maydonini köz oldimizga keltiramiz.
Uşbu qutluğ maskandagi ikki buyuk obida – Şerdor va Tillakori madrasalarini bunyod etgan özbek xalqining buyuk farzandi, Samarqand hokimi Bahodir Yalangtöş bobomiz nomini minnatdorlik bilan esga olamiz.
Bu uluğ zotning xotirasini abadiylaştiriş böyiça özim şaxsan topşiriq berdim. Jumladan, uşbu mavzuda badiiy film suratga olinmoqda, sahna asarlari, ilmiy tadqiqotlar yaratilmoqda.
Butun hayotini el-yurt ravnaqiga bağişlagan buyuk siymolarning boy va betakror merosini xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz örtasida keng tarğib etiş – barçamiz uçun muhim vazifadir», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1







