Xorijga xizmat safari xarajatlari oşirilişi kutilmoqda
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Aytişlariça, vazirliklar va taşkilotlar xodimlarining xorijga xizmat safariga yuborilganda ajratiladigan sutkalik xarajatlar meyorlarini oşiriş rejalaştirilmoqda.
Özbekistonda «sutoçniy» tölovlar MDHdagi boşqa davlatlar bilan soliştirganda nisbatan kamroq belgilangan.
Masalan, boşqa davlatlarda MDH davlatlariga xizmat safari uçun kuniga 30-80 AQŞ dollari berilsa, bizda bu 25 dollar etib belgilangan.
Boşqa davlatlar Osiyo davlatlari uçun kuniga 35 dan 100 dollargaça «sutoçniy» bersa, bizda örtaça 40 dollar beriladi.
Yevropa uçun qolganlar 50 dan 100 yevrogaça beradi, bizda bu örtaça 40 yevro.
AQŞga qolgan davlatlar kuniga 60 dan 100 dollargaça bersa, bizda 45 dollar beriladi.
Loyihaga köra, «sutoçniy»lar miqdori davlatlarga qarab biroz köproq qilib belgilanişi mumkin. Ayrim misollar:
MDH – 35 dollar (Moskva va Sankt-Peterburg 45 dollar);
AQŞ – 50 dollar;
Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya – 55 yevro (ilgari 40);
Buyuk Britaniya – 55 dollar (ilgari 30 funt);
Yaponiya – 120 dollar (ilgari 100);
J.Koreya – 50 dollar (ilgari 45).
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


