AQSh Qarshi-Xonobodda xizmat qilgan harbiylarni tekshiradi
AQŞ Qarşi-Xonobod bazasida xizmat qilgan harbiylarni tibbiy körikdan ötkazadi. Çunki uşbu zona kimyoviy qurol qoldiqlari bilan zaharlangan bölgan
AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp 19-yanvar kuni Faxriylar masalalari departamentiga 2001-yildan 2005-yilga qadar Özbekistondagi Qarşi-Xonobod bazasida xizmat qilgan barça faxriylarni tibbiy körikdan ötkaziş böyiça topşiriq bergan. Bu haqda Oq uy maʼlumotiga tayanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
Hujjatga köra, AQŞ Mudofaa vaziri 1 yil içida 2001-yil 1-oktabrdan 2005-yil 31-dekabrga qadar Qarşi-Xonobod Özbekiston aviabazasida xizmat qilgan harbiy xizmatçilarda zaharlaniş taʼsirini yaxşilab örganib çiqadi.
McClatchy naşrining maʼlumotlariga köra, AQŞning maxsus operatsion kuçlari 2001-yil 11-sentabr voqealaridan söng Özbekistondagi harbiy zonada joylaşgan. U yerda yaşil rangda yarqirab turgan hovuz, yerda oqib turgan qora şilimşiq va «nurlaniş xavfi»ni ogohlantiruvçi belgi közga taşlanardi, deyiladi maqolada.
2015-yilda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, u yerda xizmat qilgan erkaklar va ayollarning kamida 61 nafari saraton kasalligiga çalingan yoki bu kasallik tufayli vafot etgan.
P.S.: qiziq, harbiy bazada rostdan kimyoviy qurollardan qolgan zararli moddalar bölsa, unda bu öşa atrofda yaşaydigan mahalliy aholining soğliğiga qanday taʼsir ötkazgan ekan? Özimizning tegişli taşkilotlar bu böyiça biror tadqiqot yoki örganişlar ötkazişganmi? Qarşi-Xonobod bazasi atrofida yaşovçi fuqarolar orasida oxirgi 15-20 yilda saraton kasalligiga çalinganlar va bundan vafot etganlar soni neçta? Biz ham örganişimiz kerak, menimça.
👉 @xushnudbek 👈


