Alişer Şodmonov koronavirus tarqalişi holatlarini tahlil qildi
Bir bemor avval ota-onasiga yuqtirgan. Otasidan yana 36 hamkasbiga koronavirus ötgan
Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov Özbekistonda koronavirus tarqalişi böyiça «Özbekiston 24» kanalida maʼlumot berdi. Xabar.uz muxbiri vazirning sözlarini keltirib ötdi.
— Asosan xorijda işlovçi şaxslar Özbekistonga qaytgandan söng oila aʼzolariga kasallikni yuqtirib qöygan. Bunga bir qator misollar keltiriş mumkin.
15-mart kuni xorijdan kelgan hamyurtimiz 15 nafar şaxsga kasallikni yuqtirgan.
27-mart kuni Andijonda kasalligi aniqlangan şaxsdan ota-onasiga koronavirus yuqqan. Uning otasi yana 36 hamkasbiga koronavirusni ötkazgan. Hamkasblaridan biri 4 nafar qarindoşiga yuqtirgan. Undan taşqari yana muloqotda bölganlardan 3 kişiga kasallik ötgan. Bir kişidan 46 nafar odamga koronavirus tarqagan. Afsuski bu bemorimiz kasallik alomatlari körina boşlaganda ham şifokorlarga xabar bermagan.
Toşkent şahridagi bemorimiz turmuş örtoği bilan Turkiyaga borib kelgan. Ular oilasidagi 8 nafar şaxsga kasallikni yuqtirgan. Barçasini hozir davolayapmiz.
Toşkent viloyatidagi yana bir bemorimiz esa 26-martda kasallik boşlanganiga qaramay 5 kun davomida uyida yotgan. U faqat 30-mart kuni şifokorlarga murojaat qilgan va uni davolaşga oldik. Ayni vaqtda bemorni sunʼiy nafas beruvçi (IVL) apparatiga ulab qöyişga majbur böldik.
Toşkent viloyatidagi boşqa bir bemorimiz esa yötaliş, tana haroratining kötarilişi va xatto nafas siqişiga qaramay törtta taşkilotga borgan. Biz majbur böldik öşa taşkilotlarning barçasini yopişga. Bu bemordan 52 kişi kasallikni yuqtirgan.
Yana bir bemor uçta taşkilotda işlayotgan bölgan. U sababli 100 dan ortiq insonlarni kuzatuvga olişga majbur böldik. Bemor kasallik boşlanganini bilgani holda şunça odam bilan muloqotda bölgan.
Bu jinoyat. Bila turib şunça odamga kasalni yuqtiriş xiyonatdir.
Yana bir fuqaromiz xorijda bölgandan söng 7 nafar oila aʼzosiga yuqtirgan. U bilan muloqotda bölgan 153 şaxsni kuzatuvda uşlab turibmiz.
Umumiy hisobda 7 mamlakatdan kirib kelgan 123 kişi va ular bilan muloqotda bölganlar tufayli bemorlar soni 390 nafarga yetdi.
Eng yomoni — tört nafar bemorimiz kim bilan uçraşganini sir saqlagan. Faqatgina ular bilan muloqotda bölganlarda isitma çiqqandan keyin biz buni bilyapmiz.
Yana bir misol — Turkiyadan kelgan er-xotinda şamollaş belgilari bölgan. Ammo ular xorijdan kelganini aytmagan va tibbiyot xodimlarini çalğitgan. Keyinçalik test ötkazilib koronavirus aniqlangandan keyin kasalni yaşirganlarini yiğlab tan olişdi. Natijada butun oila kasalga çalingan.
Afsuski bemorlar orasida kasallik aniqlangandan söng ham şifokorlarga quloq solmasdan, öz bilganini qilib yurganlar uçrab turibdi. Özing butun mahallaga yuqtirib bölding, kerak bölsa yaşirib yurding, xiyonat qilding, endi heç bölmasa şifoxonaga kelgandan keyin şifokorlarning aytganini qiliş kerak emasmi? Yöq, manmanlik bilan tavsiyalarga quloq solmasdan yurganlar ham bor. Mana şunday bemorlardan biri hozir IVL apparatiga ulab qöyilgan, sunʼiy nafas berilyapti.
Mamlakatda çeklov çoralari körilyapti. Hozir uyda bölişimiz şart. Maşinasida, velosipedida, piyoda aylanib kelişga çiqayotganlarga murojaatim — hammamiz sabr qilişimiz kerak. Qaçonki intizom bölsa, barça tartib-qoidaga böysunib, ikki hafta uyimizda ötirsak, hammasi ötib ketadi. Şunda birinçi navbatda oila aʼzolarimizni saqlab qolgan bölamiz.
Hatto oilada ham quçoqlaşib körişmang. Hamma bilan masofada gaplaşing, — dedi Alişer Şodmonov.
👉 @xushnudbek 👈
