Advokatura tizimida kutilayotgan ijobiy özgarişlar
"Advokatura instituti samaradorligini tubdan oşiriş va advokatlarning mustaqilligini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi PF-5441-sonli Prezident qarori asosida sohada quyidagi ijobiy özgarişlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan:
👉 advokatlik litsenziyasini oliş uçun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka ötaş muddati 6 oydan 3 oygaça qisqartiriladi;
👉 davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovçi yoki prokuror lavozimida kamida 3 yil faoliyat yuritgan şaxslar majburiy stajirovka ötaşdan ozod qilinadi;
👉 advokat maqomini oliş böyiça malaka imtihonini takroran topşiriş muddati 1 yildan 6 oygaça qisqartiriladi;
👉 faqat umumiy litsenziya emas, har bir tanlangan ixtisoslik böyiça alohida litsenziya beriş joriy etiladi;
👉 advokatlik byurosini taʼsis etgan advokatlarga öz faoliyatini öziga tegişli bölgan turar-joylarda uşbu turar-joylarni noturar joy toifasiga ötkazmasdan amalga oşiriş huquqi beriladi;
👉 advokatlik litsenziyasining amal qilişi faqat sud tartibida tugatiladi;
👉 advokatlarning özlarining himoya ostidagi şaxslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bölmagan maxsus xonalarda hamda begona şaxslarning iştirokisiz öz vaqtida va heç qanday tösiqlarsiz uçraşişi taʼminlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi şaxsning suhbatini uçinçi şaxslar eşitişini istisno etgan holda ularni vizual körib turiş imkoniyati saqlab qolinadi;
👉 himoya ostidagi şaxslar bilan uçraşiş jarayonida advokatlar tomonidan elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalaniş imkoniyati beriladi;
👉 advokatlar tomonidan öz himoya ostidagi şaxs bilan uçraşiş uçun advokatlik guvohnomasi va muayyan işni yuritiş uçun orderdan taşqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qiliş talabi bekor qilinadi;
👉 advokatga sud binosiga kompyuter, mobil telefon va boşqa kommunikatsiya uskunalarini erkin olib kirişga huquq beriladi;
👉 advokatlik tuzilmalari yetarli bölmagan hududlarda fuqarolarning murojaat qilişlari uçun qulay bölgan joylardan advokatlarga zarur bino va inşootlar, şuningdek, bunday bino va inşootlarni quriş uçun yer maydonlari ajratiladi;
👉 sud protsessiga tayyorgarlik köriş uçun umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida advokatlar uçun alohida xona ajratiladi;
👉 advokat maqomini oliş uçun zarur hujjatlarni elektron tartibda taqdim etiş va imtihon jarayonini real vaqt rejimida Internet tarmoğida translyatsiya qiliş yölga qöyiladi;
👉 aholini qiziqtirgan mezonlar böyiça (advokatning ixtisosligi, advokatlik tuzilmasi joylaşgan joy va hokazo) advokatlarni izlaşga oid elektron servis yaratiladi;
👉 gumonlanuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçiga davlat hisobidan huquqiy yordam körsatuvçi advokatni avtomatik ravişda tanlaş böyiça maxsus elektron tizim joriy etiladi (yaʼni tergovçilarning istalgan hujjatga imzo qöyişga tayyor bölgan "dejurniy" advokatlariga çek qöyiladi);
👉 advokatlar himoya ostidagi şaxs bilan özlari uçun qulay bölgan vaqtda uçraşişi uçun axloq tuzatiş va tergov hibsxonalariga taşrif buyurişi haqida oldindan xabarnoma yuborişlari mumkin bölgan maxsus elektron portal yaratiladi;
👉 advokatura tizimidagi iş stajidan kelib çiqib advokatlar malaka darajalarini beriş joriy etiladi;
👉 har yili "Yilning eng namunali advokati" va "Yilning eng namunali advokatlik tuzilmasi" tanlovlari taşkil etiladi;
👉 advokatlar va advokatlik tuzilmalari reytinglari tuziladi va oçiq holda eʼlon qilinadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

