Elektron tijorat milliy reyestri qaçon yaratiladi

Matn30-iyul, 2018, 11:101 daqiqa0 koʻrish

14-may kuni elektron tijoratni rivojlantirişga oid Prezident qarori imzolangan edi.

Öşa qarorda quyidagiça band mavjud:

8. Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qömitasining 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda Elektron tijorat iştirokçilarining milliy reyestrini yaratiş töğrisidagi takliflari qabul qilinsin.

Qarorga köra, Milliy reyestrga kirgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriş nazarda tutilgan edi.

Savol:

Milliy reyestr 1-iyulgaça yaratilişi kerak edi. Oradan 1 oy vaqt ötdi, lekin haligaça bu haqida heç qanday yangilik yöq.

Milliy reyestr yaratildimi? Agar yaratilgan bölsa, unda qanday aʼzo böliş mumkin? Nega tartibi haligaça maʼlum qilinmadi?

Agar haligaça Milliy reyestr yaratilmagan bölsa, nima uçun Prezident qarorining ijrosi bajarilmayapti? Kimdir nazorat qiladimi buni?

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek