Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi belgilandi

Matn12-sentabr, 2019, 13:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Yuridik axborot

​​Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha Hukumat yangi qaror qabul qildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentyabr kuni "Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 760-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda qayd etilichicha, 2019-yilda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar uchun 1064 ta uy-joyning qurilishi tugaganligi hamda 2116 ta uy-joyda qurilish davom etishi ma’lumot uchun qabul qilingan.

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

👉 yosh oilalar uchun qurilishi tugallangan 1064 ta uy-joy qiymatining dastlabki badal mablagʻlari uchun talab etilayotgan 60 mlrd soʻm mablagʻ 2019-yilning II choragi yakuni boʻyicha bojxona toʻlovlarining prognoz koʻrsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobiga;

👉 2116 ta uy-joy uchun yosh oilalarga toʻlanadigan 72 mlrd soʻm mablagʻ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq 2019-yilning III choragi yakuni boʻyicha respublika byudjetining prognoz koʻrsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobiga ajratilishini taʼminlaydi.

Qarorga muvofiq, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi.

Shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga toʻlanadi.

2020-yildan boshlab:

👉 quriladigan uy-joylar uchun dastlabki badallar hamda kredit boʻyicha birinchi besh yildan keyingi foiz toʻlovlari yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

👉 kreditdan foydalanishning birinchi besh yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darjajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/uzyhk_uz

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek