Xorazmda «şikoyatçi fuqarolar röyxati» tuzildi
Xorazmda “şikoyatçi fuqarolar röyxati” tuzildi
Urganç va Xiva şaharlari, Qöşköpir, Xiva hamda Yangiariq tumanlari kesimida tuzilgan röyxatdan 44 nafar fuqaro joy olgan.
Şu röyxatni tuzganlar soğ emas. Ruhiy xasta. Byurokratiya va amalparastlik ortidan miyasiga qattiq şikast yetgan bölsa kerak.
Maʼlumot uçun: Özbekiston qonunçiligida davlat organlariga, taşkilotlarga va ularning mansabdor şaxslariga murojaat etgani, şuningdek, murojaatlarda öz fikrini bildirgani va tanqid qilgani munosabati bilan taʼqib qiliş man etiladi. Buning uçun jinoiy javobgarlik bor.
Uşbu röyxatni taʼqib qiliş, deb hisoblab, röyxatni tuzgan(lar)ni javobgarlikka tortiş kerak.
👉 @xushnudbek 👈

