Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Jamiyatda yuriş-turiş qoidalari haqida

Matn16-noyabr, 2022, 12:502 daqiqa0 koʻrish

Jamiyatda yuriş-turiş qoidalari haqida

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksimizda mayda bezorilik degan modda bor. Bu şunaqa universal moddaki, istalgan insonni bemalol şu bilan javobgarlikka tortişga asos topsa böladi.

Çunki bu moddada "jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik" degan jumla mavjud. Mana şu sehrli ibora natijasida köçadagi "stolba"ga ham ayblov eʼlon qilsa böladi bir amallab. Öqib, örganay desang, jamiyatda yuriş-turiş qoidalari heç qayerda yozilmagan. Yaʼni nima qiliş mumkin, nima qiliş mumkinmasligining aniq çegarasi mavjud emas. Hamma istagança talqin qilişi mumkin. Buyoği seni ustingdan ariza yozganlar va sudning insofiga boğliq.

Masalan, yodingizda bölsa, Amir Temur haykaliga "Karantin qaçon tugaydi?" deb savol bergan 3 nafar ösmir yoşlarga 15 sutka qamoq jazosi berilgandi. Ularga qöyilgan ayblardan biri ham aynan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik bölgandi.

Yoki kimnidir "obkirib qöyiş" maqsad qilingan istalgan inson dastlab aynan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslikda ayblanadi va 15 sutkaga qamaladi. Buni taşkil qiliş ham oson. Masalan, siz şunçaki köçada kimdir bilan "urişib ketişingiz" mumkin-ku.

Yoki yaqin ötmişda şunçaki xorijga borib kelganlar, ayniqsa biz uçun "şubhali" bölgan baʼzi davlatlardan qaytganlar ham aynan şu modda bilan "profilaktik taʼtil"da bölib qaytganini ham unutganimiz yöq.

Yoki jamiyatda ayollar ölimi (ham turmuş örtoği tomonidan, ham hayotidan töyib ketgani uçun öz joniga qasd qilişi natijasida) qayğuli holatga kelib qolgan bir paytda oila va xotin-qizlar masalalari böyiça Toşkent şahar hokimi örinbosari behayo suratlar joylaştirayotgani vaji bilan Instagramdagi bir sahifa egasining ustidan ariza berib, uni 5 sutkaga qamattiribdi. Ayblov yana öşa — jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik.

Köryapsizmi, bu şunaqa ayblovki, u orqali diniy masalada biroz ötkirroq fikrlarni aytganlar ham, yoki teskarisi — öz sahifasiga oçiqroq rasmlarini joylaganlar ham qamalişi mumkin. Kimligi muhim emas. Hammasi kimningdir kayfiyati va xohişiga boğliq.

Umuman uşbu modda amaliyotda özining asl maqsadidan çetga çiqib, "dejurniy" ayblovga aylanib ulgurgan.

Yöqsa, internetda uyatsiz videolar tarqatuvçilar yoki bunday manbalar millionta, ularning orqasidan quvib bölmaydi. Bunday maʼnaviyatsizlikka boşqaça usullar va metodlar orqali kuraşiş kerakligini yoş bola ham bilişi kerak aslida. Jamiyatda ayollarning tonnalab haqiqiy muammosi öz yeçimini kutib turgan bir paytda teşik toğorada suv taşiş uçun kuç sarflamaslik kerak.

Bundan taşqari masʼullar Streyzand effekti haqida yaxşilab öqib olişi kerak. Yaʼni "odamlar körsa, yomon böladi" deb öylab, nimagadir qarşi kuraşiş va taqiqlaş, aksinça öşa taqiqlanayotgan narsani kutilganidan ham köproq odam qiziqib körişiga olib keladi. Masalan, öşa behayo suratlarni ilgari yuz ming kişi körgan bölsa, endi bir neça million odam köradi. Bu oddiy axborot olamining qoidasi — taqiqlangan manba maşhurroq böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek