Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilganlar 5 yilgaça qamalişi mumkin

Matn13-aprel, 2023, 20:532 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilganlar 5 yilgaça qamalişi mumkin

Prezident imzolagan qonunda jinsiy zöravonliklarga nisbatan javobgarlik kuçaytirildi. Ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uçun jazolar keskin oşirildi.

Amaldagi qonunga köra, 16 yoşga tölmagan şaxs bilan uning roziligi asosida jinsiy aloqaga kirişgan ayblanuvçilar tergov jarayonida jabrlanuvçining yoşini bilmaganligini bahona qilib, javobgarlikdan ozod bölib qoliş imkoniyatiga ega edi. Yangi qonunda bunday şaxslar uçun javobgarlik muqarrarligi taʼminlanib, ayblanuvçi jabrlanuvçining yoşini bilgan yoki bilmaganligidan qatʼiy nazar oddiy holda 5 yilgaça, oğirlaştiruvçi holatlarda 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortiladi.

❗️BU MUHIM: eʼtibor bering, bu yerda 16 yoşga tölmagan şaxsning xohişiga qarşi uning nomusiga tegiş haqida gap ketmayapti. Bunday qilmişning jazosi yanada oğirroq (10 yildan 15 yilgaça).

Yuqorida özi xohlab jinsiy aloqaga kirişiş haqida gap ketyapti. Yaʼni 16 yoşga tölmagan şaxs özi xohlab jinsiy aloqada bölsa ham, u bilan jinsiy aloqaga kirişgan şaxs jinoyatçi hisoblanadi va bunda holatiga qarab 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

✅ XULOSA: 16 yoşga tölmagan qiz yoki yigit bilan jinsiy aloqa qilgan şaxslar har qanaqasiga ham jinoyat sodir etgan, deb hisoblanadi. Agar 16 yoşga tölmagan şaxsning özi xohlagan bölsa, unda 10 yilgaça, agar xohlamagan bölsayu, uning nomusiga tegilgan bölsa, unda 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek