Xuşnudbek Xudoyberdiyev senatorlarni amaldagi qonunlarda javobgarlik borligi haqida ogohlantirdi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXuşnudbek Xudoyberdiyev huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olib, internetga joylaşni taqiqlaş haqidagi qonun loyihasi yuzasidan senatorlarga savollar bilan çi…Har ehtimolga qarşi, janob senatorlarimiz uçun mana bu postni şu yerda qoldiraman va ular uçun kutilmagan yangilik aytaman:
amaldagi qonunlarimizda özgalar haqida, u kim bölişidan qatʼi nazar - xoh organ xodimi bölsin, xoh oddiy işsiz inson, farqi yöq, istalgan şaxsni videoga olib, uni obrösizlantiriş yoki haqorat qiliş maqsadida Internetga öşa video joylangan bölsa, buning uçun JAVOBGARLIK BELGILANGAN!!!
Mana, konkret misol: Buxorodagi holatda YPX inspektorini asossiz qoida buzganlikda ayblab, videoga olib, internetga tarqatgan ikki nafar şaxslarga sud tomonidan javobgarlik belgilangan.
Agar şundoq ham qonunçiligimizda javobgarlik bor bölsa, unda Kodeksga fuqarolarni qamoqqa tiqadigan yangi javobgarlik qöşişning nima keragi bor, degan savolni bironta senator hamkasblariga berib köradi, degan umiddaman.
100 kişining orasida kimdir şunaqa savol bersa keragey... Yana umidvor bölyapman...
👉 @xushnudbek 👈

