Konstitutsiyaga zid va yöqolib qolgan qonun nihoyat ertaga Senatda körilar ekan
❗️Konstitutsiyaga zid va yöqolib qolgan qonun nihoyat ertaga Senatda körilar ekan. Ertaga senatorlarimizning vijdoni sinovdan ötadigan kun
Yodingizda bölsa, ötgan yili yöl harakatini takomillaştirişga oid bir qator YAXŞI yangiliklarni öz içiga olgan qonun loyihasi işlab çiqilgandi. Bu qonunni ança yillardan buyon kutayotgan edik, çunki qonun orqali doimiy qoidabuzar haydovçilarga jarima ballari joriy etilayotgandi.
Ammo YAXŞI hujjat orasiga özining manfaatini tiqib ketişga örganib qolgan ayrim şaxslar şu qonun içiga ÖTA YOMON va hattoki KONSTITUTSIYAGA ZID bölgan qonun normasini qöşib ketişgan. Yaʼni organ xodimini foto va videoga olib, internetga joylaşni taqiqlaş haqidagi qoida edi bu.
Nega Konstitutsiyaga zid deyapman, bilasizmi? Qonun taşabbuskori bölgan Içki işlar vazirligi xorijiy tajriba sifatida "Mana, Fransiyada ham şunaqa qonun bor" deb misol keltirgandi. Bu misol Senat saytida ham çiqqan. Vaholanki, Fransiyada qabul qilingan öşa qonun keyinçalik Fransiya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan Konstitutsiyaga zid deya topilib, bekor qilingan. Va men 100% işonaman, bu qonun bizning Konstitutsiyaga ham zid.
Senat saytida keltirilgan Buyuk Britaniya va Germaniya misoli ham xato ekan, uşbu davlatlarda aynan bunaqa qonun mavjud emas ekan.
Jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab bölgan mana şu qonun 8 oydan buyon Senatda qolib ketgan edi. Şu qonun ertaga Senat Yalpi majlisida körilar ekan.
Menda bitta yaxşi va bitta yomon taxmin bor.
Yaxşisi — Senat 8 oy bu qonunni puxta örganiş uçun uşlab turgan.
Yomoni — şunçaki jamoatçilik noroziligi bosilib, odamlarning esidan çiqqandan söng, sekingina imi-jimida qabul qilib yuboriş uçun uşlab turgan.
Men senatorlar haqida yaxşi gumondaman. Ilohim, ertaga şu gumonim özini oqlasin.
Mustaqillik bayrami arafasida, va bölib ham Olimpiadadagi tarixiy yutuqdan xursand bölib turgan xalqimizning kayfiyatini rasvo qiladigan, fuqarolarning KONSTITUTSIYAVIY huquqlarini mantiqsiz sabab bilan çeklaydigan bunaqa ahmoqona qonunni qabul qilişmaydi, degan umiddaman.
Hurmatli senatorlar, xalq sinovidan ötiş payti keldi! Bunaqa imkon har doim ham bölavermaydi. Sizlarga ertaga qatʼiyat va omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈


