Özbekistonda yozgi vaqtda tonirovkaga arzonlaştirilgan narx joriy etilişi mumkin
🚘 Özbekistonda yozgi vaqtda tonirovkaga arzonlaştirilgan narx joriy etilişi mumkin. Ayrim takliflar bor
Bu böyiça qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Loyiha muallifi — Içki işlar vazirligi.
🗓 Unga köra, M1 toifasidagi transport vositalari, yaʼni yengil avtomobillar uçun har yilning 1-mayidan 31-avgustiga qadar orqa va old yon oynalarni qoraytirişga arzonlaştirilgan narxda ruxsatnoma berilişi közda tutilgan. Taklif etilayotgan miqdor — BHMning 1 baravari (412 ming söm). Hozirgi 1 yillik stavka 8 baravar, yaʼni 3 mln 296 ming söm.
1️⃣ TAKLIF-1: hujjatdagi eski ğalizlikni töğrilaş kerak
Prezidentning 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qaroriga köra, yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun ruxsatnoma oliş tartibi bekor qilingan, yaʼni orqa yon oynalarni çeklanmagan darajada qoraytiriş BEPUL.
Şu sababli, qarorning “v” bandidagi “ORQA VA” sözlarini çiqarib taşlaş kerak. Hozirgi matndagi orqa va oldi yon oynalar deganda aslida faqat old yon oyna tuşuniladi xolos, çunki orqa oynani qoraytiriş şundoq ham bepul va ruxsatnoma kerak emas.
Qarorning eng birinçi matnida orqa yon oyna uçun alohida stavka, orqa va old yon oynani qöşib qoraytirganlik uçun alohida stavka belgilangan edi. Keyinçalik orqa oyna çiqarib taşlandi, lekin "v" bandning eski tahriri özgarmasdan qolib ketgan va bu odamlarda tuşunmovçilik uyğotişi mumkin. Şu sababli bunaqa ğaliz bandni töğrilaş va pul bilan boğliq qismlarda “ORQA VA” sözlarini çiqarib taşlab, faqat OLD sözini qoldiriş kerak.
2️⃣ TAKLIF-2: xalqqa adolat qilinglar
Qaror loyihasiga bildirilgan takliflarni albatta örganib çiqiş va inobatga oliş kerak. Köpçilik örinli takliflarni bildirmoqda. 4 oy uçun arzon qilinganda odamlar har safar yangidan tonirovka örnatiş, keyin uni şilib taşlaşga majbur böladi. Bu ortiqça xarajat va ovoragarçilik. Şuning uçun bir yil uçun stavkani ham arzonlaştiriş kerak. Hozir old oynani 1 yilga qoraytiriş 8 “minimalka”, yaʼni 3 mln 296 ming söm. Mana şu miqdorni kamida 2 baravarga, balki undan ham köproqqa (1 mln söm atrofida) kamaytiriş taklif qilinmoqda.
Yöqsa, har yili sentyabr oyining boşida "ruxsatsiz tonirovka örnatgansan" deb jarima soliş köpayib ketadi. Şunçaki 4 oylik arzon muddat tugagaç, hali şilib taşlaşga ulgurmagan yoki esidan çiqqan haydovçilarga otning kallasiday va ÖTA ADOLATSIZ jarima qöllaş trendga çiqadi.
Maʼlumot uçun: ruxsatsiz tonirovka uçun Özbekistonda yöl qoidabuzarligidagi ENG QIMMAT jarimalardan biri qöllanadi — 25 “minimalka” (10 mln 300 ming söm). Va bu men uçun eng adolatsiz qoidalardan biri.
3️⃣ TAKLIF-3: hurmatli masʼullar, ziqnalik qilmanglar
Issiq davrni faqat 4 oy (may-avgust) deb olişgani ham jamoatçilikning eʼtirozlariga sabab bölmoqda va bu haqida loyiha ostiga öz takliflarini bildirişmoqda. Özbekiston iqlimidan kelib çiqib, arzon davrni 4 oy emas, 6 oy deb oliş kerak. Bunda apreldan sentyabrgaça arzon davr deb belgilaş kerak.
Axir doim "Özbekiston serquyoş mamlakat, 300 kun quyoş çiqadi", deb maqtanamiz-ku, qarorlarda ham bu aks etsa, maqsadga muvofiq bölardi.
ℹ️ Hujjat loyihasi 22-avgustgaça mana bu sahifada muhokama böladi, fikringizni yozib qoldirişingiz mumkin:
https://regulation.adliya.uz/project/6794/15973?contentLang=oz
- 27 Telegram Stars


